Jamshidbek Hasanov Profile Picture
UMMA TOKEN INVESTOR

Followings
0
No followings
Translation is not possible.

Ona qalbi

Bundan ko'-o'-o'-p yillar avval bir narsadan qattiq iztirobga tushdim. Uch kecha-kunduz deyarli uxlamadim. Hech kim bilan gaplashmay qoʻydim...

Shunda onam koʻzimga uzoq termulib oʻtirdi-da, bunday dedi: O'g'lim! Sen uchun mening joni-jahonim otash-alangaga aylanib yonib ketganida boshqalarning etagini uchi ham tutamaydi! Nega meni bunchalik kuydirasan, bolam?!

... Onamning oʻsha gaplarini eslasam, har gal tomogʻimga bir nima tiqilib qolaveradi...

«Daftar hoshiyasidagi bitiklar»

Oʻtkir Hoshimov

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Tansiq fasl

Bahorda dehqonning yumushi koʻpayadi. Yerga omoch soladi, ko'chat qadaydi, nihol oʻtqazadi, sugʻoradi, ozuqa beradi... Vaqtida shudgor qilmasa, ekkani unmaydi. Vaqtida sug'ormasa, koʻchati qurib qoladi. Donni nobop yerga sepsa, kuzda och qoladi...

Inson umri ham shunday. Yoshlikda yoʻl qoʻyilgan xatosi, bosgan nojoʻya qadami, bilib-bilmay qilgan gunohi yoshi ulgʻayganida achchiq «mevasi» ni berishi hech gapmas.

...Dehqon-ku, bu bahorda qilgan xatosini kelgusi bahorda tuzatishi mumkin. Insonga esa yoshlik bir marta beriladi. «Bahor qaytmaydi» deganlari shu.

Oʻtkir Hoshimov

«Daftar hoshiyasidagi bitiklar»

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Jannat farishtalari

Hadisi sharifda taʼkidlanishicha, Paygʻambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallam aytgan ekanlar: «Qaysi ota-ona uch qizni tarbiyalab, voyaga yetkazsa, shular jannatda mening yonimdan joy oladi. Agar ikkita qizni tarbiyalab, voyaga yetkazsa ham jannatda mening yonimdan joy oladi. Basharti bitta qizni tarbiyalab, voyaga yetkazsa ham jannatda mening yonimdan joy oladi ».

Islom dini xotin-qizlarni kamsitadi, degan gapni kim aytgan oʻzi?

Hadisi sharifda tagʻin bir gap bor. Agar bir ayolning ich farzandi goʻdakligida nobud boʻlsa, Mahshar kuni ular doʻzax yoʻlini toʻsib, onasini himoya qilar ekan. Agar bolaligida nobud boʻlgan goʻdak ikkita boʻlsa ham shunday qilarkan. Basharti, oʻsha ayolning bitta bolasi goʻdakligida nobud boʻlgan boʻlsa ham shunday qilarkan. Zero, ona uchun farzand dog'ining oʻzi doʻzax azobidan kuchliroqdir...

Ayting-chi, dunyodagi qaysi bir shoir, qaysi adib, qaysi musavvir ona mehrini shu qadar teran tasvirlay olgan?!

Oʻtkir Hoshimov

«Daftar hoshiyasidagi bitiklar »

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Umr kitobi

Odamzod hayotining oʻzi nima? Inson bu foniy dunyoga nega keladi-yu, nega ketadi, degan savolni oʻylab koʻrmagan kishi kam boʻlsa kerak. Chindan ham inson hayotining oʻzi nima?

Chamamda, «Nomai-a'mol», «Umr kitobi» degan gaplar bejiz aytilmagan. Har bandaning umri bir kitobga oʻxshaydi. Umr kitobining debochasi odam hali tug'ilmasidanoq Allohning oʻzi tomonidan bitib qoʻyiladi. Debochaning nomi «Peshanaga bitgani» yoki «Taqdiri azal» deb atalsa ajab emas.

Inson oq-qorani tanib, ongli hayot kechira boshlagach, oʻzining «Umr kitobi» ni oʻzi yozishga kirishadi. Har kuni, har lahzada... Sinov davri deb atalmish bu pallada bandasi qilgan jamiki yaxshi-yu yomon amallar yozilib boraveradi. Umr poyoniga yetgan kuni kitob ham yopiladi.

Soʻng barchasi hisob-kitob qilinadi-da, Xotimani tagʻin Yaratganning oʻzi bitadi. Savob koʻp boʻlsa, bir ta'raf; gunoh koʻp boʻlsa... Umr kitobiga ezgu sahifalarni koʻproq yozish har bandasiga nasib etsin...

Oʻtkir Hoshimov

«Daftar hoshiyasidagi bitiklar »

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Laylak

Ona yosh edi. Ona navjuvon edi. Bola g'o'r edi, bola go'dak edi... Kunlarning birida ona-bola qishloqqa uzoq qarindoshlarinikiga boradigan boʻlishdi. Ona qaddini gʻoz tutib, tez-tez yurib borar, bola esa alang-jalang qilib atrofdagi manzaralarni tomosha qilar edi. Qishloq guzarida yarmini yashin uchirib ketgan bahaybat chinor bor ekan. Bola daraxtni koʻrib angrayib qoldi: chinorning tarvaqaylab oʻsgan shoxida supradek kattakon uya qorayib koʻrinar, uyada esa oyogʻi, tumshugʻi uzun bir qush turar edi.

Bola moʻjiza koʻrgandek taqqan toʻxtab qoldi.

- Anavi nima, oyi? - dedi oʻsha tomondan koʻz uzmay.

- Laylak, oʻgʻlim, laylak! - ona oʻgʻlining boshini silab qoʻydi. - Yura qol, jonim.

Bola hech qachon bunaqa qushni koʻrmagan edi. Qush negadir bir oyoqlab turardi. U yana toʻxtab qoldi.

- Nima u, oyi? - dedi tagʻin chinor uchiga koʻz tikib.

- Laylak, oʻgʻlim, laylak.

- Nimaga bir oyoqlab turibdi?

Ona kuldi:

- Bir oyogʻi charchagandir-da. Yura qol, jonim.

Oyogʻi uzun qush negadir boʻynini choʻzib, tumshugʻini osmonga qaratib silkitar, shunda «tarak-tarak» degan ovoz eshitilardi.

Bola tagʻin toʻxtab qoldi.

-Nima oʻzi u, oyi?

Uning koʻzlarida quvonch bor edi. Hayrat bor edi. Ona shoshib turibdi. Mingta yumushi bor. Hali shaharga qaytishi kerak.

- Laylak dedim-ku, jinnivoy, - deb ohista egilib, oʻgʻlining yuzidan oʻpdi.

- Senga Salom beryapti-da.

Ona yosh edi. Ona navjuvon edi.

... Oradan oʻttiz yil oʻtdi. Bola yigit boʻldi. Ona keksayib qoldi. Oyogʻidan mador, koʻzidan nur ketdi.

Kunlardan birida ona-bola ittifoqo yana oʻsha qishloqqa borib qoldilar. Yigit qaddini gʻoz tutib tez-tez yurib borar, ona esa toliqqan oyoqlarini, ogʻir-og'ir koʻtarib bosgancha harsillab kelardi. Guzardagi yarmini yashin uchirib ketgan chinor hali ham bor ekan. Buni qarangki, chinorning tarvaqaylab oʻsgan shoxida hamon supradek kattakon uya qorayib koʻrinar, uyada esa oyogʻi, tumshugʻi uzun laylak turardi. Yigit laylakka bir qarab qo'ydi-yu, qadamini tezlatdi.

Orqada kelayotgan ona nursizlanib qolgan koʻzlarini chinorga, chinor shoxida qorayib turgan uyaga tikdi. Shoxida osilib turgan narsa koʻziga gʻalati koʻrindi.

- Anavi nima, oʻgʻlim? - dedi toʻxtab.

- Laylak, oyi, laylak!

Ona yaxshi eshitmadi. Uch-toʻrt qadam yurib yana toʻxtab qoldi. Savatdek narsa ichida bir nima oqarib koʻrinyapti. Tavba...

- Nima, oʻgʻlim? - dedi koʻzlarini pirpiratib.

Oʻgʻil taqqa toʻxtadi. G'ashi keldi. Oʻzi shoshib turibdi: mingta ishi bor! Odam qariganidan keyin ezma boʻlib qolarkan-da!

- Laylak! - dedi jerkib. - Laylak deyapman-ku, karmisiz!

Shunday dedi-yu, jahl bilan tez-tez yurib ketdi.

Nachora, yigit yosh, yigit navqiron. Uning yumushi koʻp. Hali shaharga qaytishi kerak... Uning gʻo'r, goʻdak bolalari bor...

Oʻtkir Hoshimov

« Daftar hoshiyasidagi bitiklar »

Send as a message
Share on my page
Share in the group