Abdulvohid Rabbimov Profile Picture
UMMA TOKEN INVESTOR

Followings
1
Translation is not possible.

Bolaning iffati onasining iffaticha bo'ladi. Bolaning iffati ota-onasining iffatiga bog'liq. Homiladorlik paytida onaga tushgan nazarning bolaga "yomon axloqdek" ta'siri bor.

Sharx:

Shu jumlalarni o'qirkanman zamonamiz yoshlaridan iffat pardasi nega bu qadar ko'tarilib ketganini yana bir bor chuqur angladim, ich-ichimdan his etdim.

Ilgari onalarimiz homiladorlik vaqti uyatdan qopdek liboslanar, ko'chaga cihqishdan hayo qilar, va xatto ota-onasini ziyoratiga ham bora olmasdilar.

Hozir esa aksi. Ayollar qorni kattaligi yetmaganiga yanada tor libos ila katta qorinni do'ppaytirib uyalmay netmay ko'cha ko'yda yuradi. Nomahramlar bilan bir yerda ishlaydi. Va "do'mbillab yuribsiz-mi?" kabi hol-ahvol so'rashlarga biror qizarishsiz javob beradi. Yana bizdan Buxoriylar, Ibn Sinolar chiqmayapti? Bolam kimga o'xshadi? deb ham qo'yadi. Nauzubillah.

Ibn Sino qaydan bo'lsin? Buxoriylar qaydan bo'lsin?

Iffat, odob, hayo qaydan bo'lsin?

Onada yo'q, bolada qandayinam bo'lsin? Onada yo'q tarbiya, farzandda qaydanam bo'lsin. Avvalo qizni o'qitish kerak. Qiz ona bo'ladi. Ona ummat tarbiyachisi bo'ladi. Ona ummat liderlarini, ilm ahllarini tarbiyalaydi. Har qanday buyuk ortida ona bo'ladi. O'qitish degani faqat ta'lim muassasasida yo o'zga davlatda o'qitishmas. Avvalo xusni-xulq, muslima iffati, odobidan ta'lim berish, Allohni tanitish, islomdan ta'lim tarbiya berishi zarur! Va xatto shart! Shunda ona iffatli, go'zal axloqli, ilmli va tarbiyali bo'ladi. Va undan bo'ladigan avlod, u o'qitadigan ummat ham iffatli, go'zal axloqli, ilmli va tarbiyali bo'ladi. Ona nima bo'lsa, farzand ham shu bo'ladi. Farzandga qarab onani kimligini, qandayligini bilish mumkin. Farzand onaning ko'zgudagi aksi kabi.

#faxriyadansharx

Send as a message
Share on my page
Share in the group