UMMA TOKEN INVESTOR

umma1703861910 Сhanged his profile picture
6 month
Translation is not possible.

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

#tabassum

Aynan yakshanba kuni ba’zida erkak kishi oilasiga osh qilib berib, o‘zini ko‘rsatmoqchi bo‘ladi. Shu yo‘l bilan haqiqiy osh qilish qanaqa ekanligini, aslida oshxona ishi qiyin emasligini isbot qilmoqchi bo‘ladi.

Jarayon quyidagi etaplardan iborat:

1. Erkak kishi osh qilmoqchi ekanligini aytadi

2. Erkak borib bozorlikni qilib keladi

3. Ayol kerakli idish va pichoqlarni chiqaradi

4. Ayol qozon va idishlarni yuvadi

5. Ayol sabzi-piyozni artib tozalaydi

6. Ayol guruchni tozalaydi

7. Ayol guruchni yuvadi

8. Erkak go‘shtni maydalaydi

9. Erkak masalliqlarni qozonga soladi

10. Ayol salatni boshlaydi

11. Ayol dasturxonni tayyorlaydi

12. Erkak oshni suzadi

13. Ayol choyni damlaydi

14. Oshni oila davrasida birgalikda yeyishadi

15. Ayol dasturxonni yig‘ishtiradi

16. Ayol mevalarni yoki tarvuzni kesib keladi

17. Erkak duo o‘qiydi

18. Ayol dasturxonni yig‘ishtiradi

19. Ayol oshdan keyin yana bitta choy damlaydi, albatta

20. Ayol qozon-tovoqni yuvadi.

21. Erkak - ko‘rdingmi, oshxonani ishi qiyin emas, bugun maza qilib dam oldingmi ovqat qilmasdan, deydi.

22. Erkak ayolini qovog‘i osilganini ko‘rib, nima qilsang ham ayollar doim nedovolniy deb alamini televizorni pultidan oladi.

Send as a message
Share on my page
Share in the group