Mirolim Mirzayev Profile Picture
UMMA TOKEN INVESTOR

Translation is not possible.

Alloh taolo Qurʼoni Karimning Isro surasi 53-oyatida shunday deb insonlarni ogohlantiradi:

"Bandalarimga aytgin, ular eng goʻzal boʻlgan narsani aytsinlar. Albatta, shayton oralarini buzib turadir. Albatta, shayton inson uchun ochiq-oydin dushmandir".

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Ilmning foydalari:

Ilmning foydalari son sanoqsiz ekanini hamma yaxshi biladi. Bu oʻrinda biz diniy ilmlarning ba'zi foydalarini qisqacha eslab o'tamiz:

1. Ilm orqali Alloh taniladi, Unga ibodat qilinadi va tavhidi asosida yashash yo'lga qo'yiladi.

2. Ilm e'tiqodlar va ibodatlarning asosidir.

3. Ilm talab qilish ibodatdir.

4. Ilm jannatga yetish yo'lidir.

5. Ilm o'z egasiga Allohdan qo'rqishni kasb qildiradi.

6. Ilm oʻz egasiga haloyiqqa nisbatan tavozeda bo'lishini o'rgatadi.

7. Ilmdan avvalo egasi, keyin boshqalar ham foyda oladi.

8. Ilmning ajri uning egasining ajalidan keyin ham boqiy qoladi.

9. Ilm o'z egasini paygʻambarlardan keyingi eng yuqori martabaga erishtiradi.

10. Ilm pastni baland, xorni aziz va singanni butun qiladi.

11. Ilm kishini jaholat zulmatidan ma'rifat nuriga chiqaradi.

12. Ilm tufayli silayi rahim qilinadi va haq-huquqlar ado etiladi.

#ruhiy_tarbiya_kitobidan

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Mana, Islom dinida ilm talab qilish farzligini tushunib oldik. Endi bu farz hayotimizda qay holatda ekanini mulohaza qilaylik. Koʻpchiligimiz o'zimiz uchun kerak bo'lgan diniy majburiyatlarni bilmaymiz. Qur'on o'qish, namoz o'qish va boshqa farz, vojib, sunnat ishlarini oʻrganmaymiz. Holbuki, bu ishlar har bir musulmon uchun farzi ayn bo'lib, ushbu nuqsonni yo'qotish uchun kurashmo'g'imiz lozim.

Jumladan nafsni poklash va axloqni sayqallash ilmi oʻrganishimiz va amal qilishimiz zarur boʻlgan ilmdir.

#ruhiy_tarbiya_kitobidan

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Demak, har bir musulmon ilm talab qilishni o'zi uchun farz deb bilishi kerak. Har bir musulmon ilmga ega boʻlib, kishilarni hidoyatga da'vat qiluvchi shaxs bo'lishga urinmog'i lozim. Islomda ilm talab qilish beshikdan to qabrgacha farz qilingan.

#ruhiy_tarbiya_kitobidan

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

"Rasululloh sallallohu alayhi vasallam:

"Ilm talab qilish har bir musulmon zimmasiga farzdir", dedilar".

Imom Ahmad va ibn Moja rivoyat qilishgan.

#ruhiy_tarbiya_kitobidan

Send as a message
Share on my page
Share in the group