UMMA TOKEN INVESTOR

Followings
1
Translation is not possible.
1 view
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Strolling on a rainy day, in Makkah..

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

#book_review

"Lol. Har shaharning o'z egasi bor" Fotih Duman

Asarda nafsini jilolay bilgan, o'z nafsiga emas o'z Rabbisiga sodiq qul bo'lib qola olgan Shamsiddin Ahmad Sivasiyning hayot yo'li yoritiladi. Shamsiddin Ahmad ko'nglini tarbiyalashga shunchalik tashna ediki, Istanbul (o'sha davrda poytaxt shahar)ni hamda o'z lavozimini tashlab, ustozining hizmatida yurib nafsini yengishga kirishadi. "Men. Bas qil, Ey Nafs!"ning bosh qahramoni Mahmud Xudoiydan bir farqi Ahmad Sivasiy nafsi va o'zi xohlagan nasalar orasidagi farqni juda yaxshi biladi. Umrining oxirlarida jihotga borish qaroriga, uning bu jangga chidamasligini aytib munosabat berishadi. E'tiborimni tortgan qismi shu ediki, Sivasiy hazratlari ularga javoban "Men nafsim bilan bundan og'ir janglarda bo'lganman," - deydi.

Demak, insonning eng katta dushmani uning nafsi. Eng qo'rqinchilisi ham: axir, u bizning ichimizda, biz tirik ekanmiz u ham tirik, u xohlar ekan biz ham xohlaymiz, u qulog'imizga shivirlar ekan ko'p hollarda unga yengilamiz. Nafsimiz faqat dunyoni xohlaydi, va albatta,

Nafsing uchun qiyin bo'lgan narsa sen uchun xayrli bo'ladi

Sivasiy hazratlarining hayoti Rajab afandi hikoyasi, va Lol kotibning qalamiga mansub. Rajab afandini ham o'zini, Yaratuvchisini anglagan bir inson deb bildim. U ham amakisining yonida yurib, u kabi ko'ngil ahli bo'lib ulgirgan. Kotibga keladigan bo'lsak, men uni "lol", ya'ni tilsiz demayman.

Balki, tillarning eng afzali unda! Uning tili faqat zikr qiladi.

U faqatgina "Alloh" deyishga qodir. Tili uning gunohlari-yu musibatlari sababchisi bo'lolmaydi. Kotib faqatgina shu so'zni aytoladi, o'ylaymanki bu so'zning mohiyatini anchayin yaxshi biladi; qadrini, qiymatini anglaydi.

Menchi, men ham nafsimga qulmanmi? Yoki u bilan kurashga irodam yetadimi?

Men lol emasman, qodir bo'la turib ham shu kotibchalik zikr aytyapmanmi?

t.me/umizay_blog

#kitobdan #книги #tafakkur

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Umida Zaylobiddinova Changed her profile picture
8 month
Translation is not possible.

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group