UMMA TOKEN INVESTOR

About me

Yā Muqallibal-qulūb, thabbit qalbī `alā dīnik

Translation is not possible.

Ilmsiz ayol seni tushunmaydi. Sendan ilmliroq ayol ham seni tushunmaydi. Ilmda senga teng bo‘lgan ayoldan faqat erkakliging bilan ortiq bo‘lasan. U esa g‘ururi bilan sendan ortiq bo‘ladi. Erkaklik boshqaruvni taqozo qiladi. Gʻurur esa g‘alayonni taqozo qiladi. Boshqaruv bilan g‘alayondan oilaning baxtsizligi kelib chiqadi.

Yaxshisi g‘urur g‘alayonini ilm bilan bostirish uchun xotiningdan ko‘ra ilmliroq bo‘l!

(c)

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Muhim mashg\'ulotingga bir e\'tiboringni qarata olish va uni ishtiyoq bilan bajarib, oxiriga yetkazish katta muvaffaqiyat, yutuq, hurmat, qadr va baxtning kaliti.

(c)

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

#eslatma

Kerakli vaqtda, kerakli joyda, maʼlum bir vaziyatlarda, kerakli boʻlgan maʼlumot oʻzi seni topib keladi, kerakli insonlarning oʻzi senga yozadi, keraksiz insonlar esa, oʻzi hayotingdan chiqib ketadi.

Robbingga ishon va har qanday, hattoki eng ogʻir sharoitni ham hotirjamlik bilan qabul qil.

Vaziyatlar—agar ularga toʻgʻri qaralsa, albatta senga biror muhim narsani oʻrgatadi.

Hammasi, mutlaq hammasi behikmat emas. Har bir narsada Allohning berkitib qoʻygan hikmati bor.

(c)

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

#eslatma

Har safar muvaffaqiyatsizlikka uchrab, tushkunlikka tushib qolganda o\'rningizdan turishga kuch topyapsizmi, demak, hali hammasi yaxshi bo\'ladi. Faqat bir ish qiling:

Hissiyotlardan xoli bo\'lib, sovuqqon holatda o\'ylang: qoqilishingizga nima sabab bo\'ldi? Xato va kamchiliklar kim yoki nimada edi? Qaysi ishlarni o\'nglash kerak?

Barchasini to\'g\'rilang va davom eting. To\'g\'ri, yana xato qilasiz, ammo ular takroriy bo\'lmasin. Chunki siz uchun yangi va notanish yo\'lda adashish muammo emas, ammo bir chuqurga qayta-qayta tushaverish kechirilmaydi...

(c)

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

#foyda

Hayotingning tartibsizligidan, qalb bezovtaligidan azob chekayotgan boʻlsang, qoʻl telefoningni uyda qoldirgin-da, namozdan keyin masjidda xoli qolib, tasbeh ayt. Allohga yoʻliqish fursati yaqin qolgani haqida oʻyla. Shunda hayotingga tiniqlik va musaffolik yogʻilishini koʻrasan.

(c)

Send as a message
Share on my page
Share in the group