UMMA TOKEN INVESTOR

Translation is not possible.
Bugun Uzum Marketdagi do‘konlarim haqida qisqacha tanishtiruv beraman. Har bir do‘konda ma’lum bir toifaga oid mahsulotlarni topishingiz mumkin.
 
Matraschi — Uy-ro‘zg‘or buyumlari va to‘qimachilik mahsulotlari do‘koni. Matras qoplamalari, choyshablar to‘plami va ko‘rpalarni o‘zimiz ishlab chiqaramiz. Hozirda mahsulotlar assortimentini kengaytirish ustida ishlayapmiz.
 
Safar — Erkaklar uchun krossovkalar va poyabzallar do‘koni. O‘rikzor savdo markazidan ulgurji narxlarda krossovkalar xarid qilib, sotuvga qo‘yganman. Afsuski, hozirda savdo ancha sustlashgan.
 
Texnolog — Elektronika mahsulotlari uchun mo‘ljallangan do‘kon. Telefon aksessuarlari va boshqa texnik buyumlarni Izzadagi ulgurji do‘konlardan olib kelib, xaridorlarga taklif qilmoqdaman.
 
Zeb-ziynat — Ayollar uchun bijuteriya va aksessuarlar do‘koni. Abu Sahiy savdo markazidan chiroyli va arzon zargarlik buyumlarini olib kelib, sotuvini yo‘lga qo‘yganman.
 
Savollaringiz yoki fikrlaringiz bo‘lsa, izohlarda yozib qoldiring!
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.
Assalamu alaykum!
 
Ismim Usmon. Uzum Marketda 3 oydan beri savdo qilaman va bu sohada o‘z tajribamni to‘plab boryapman. Ushbu sahifada savdo jarayonlarini yoritib boraman.
Send as a message
Share on my page
Share in the group