Sherali Juraliyev Profile Picture
UMMA TOKEN INVESTOR

Translation is not possible.

Odob sohibi yegan shapalog'ining egasini qidirmaydi, balki sababini qidiradi.

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

«Taraqqiyotning umumiy ko‘lamida har bir xalqning o‘rni o‘sha xalq o‘qiyotgan kitoblarning soni bilan belgilanadi».

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Ziyolilar ikki turga bo‘linadi

Birinchisi, o‘z xalqini qo‘lidan ushlab nurli yo‘lga yetaklaydi. Bunda xalqning omiligi, johilligi, va ziyolilarning ziyosini tushunmayotganiga qaramaydi, ayblamaydi. E’tiborini, johil bo‘lib qolgan odamlarga emas, mana shu holatga sabab bo‘lgan narsaga qarshi kurashishga qaratadi. Bu bundan yuz yil avvalgi jadidchilar yo‘li. Bu nabaviy yo‘l. Zotan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohim! Qavmimni mag‘firat qilgin, chunki ular bilishmaydi», – deganlar.

Ikkinchi toifa, qavmning johil va bilmaydigan ekanligidan xazar qiladigan, o‘zini oliy tabaqa ziyoliy ko‘radigan, o‘zidan boshqaga ilm ulashmaydigan, ilmli bo‘lib qolganini o‘zidan ko‘radigan "ziyoli"lar toifasi. Bunday toifani, neojadidchilar, agnost-deistlarning ayrim toifasi, sovetdan qolgan qari professorlarning ba’zilari hamda "ma’naviyatchi-ma’rifatchi"larning bir-qanchasida ko‘rish mumkin. Ular jamiyatni zulmatdan nurga chiqarish o‘rniga, biri Gʻarbga, boshqasi Sovet davriga borib qolishni orzu qiladi, ilojsiz bu yerda qolgani esa, o‘zidan boshqani mazah qilishdan nariga o‘tmaydi. Ilm ulashmaydi, qayg‘urmaydi. Balki-da qavmidan or qiladi. Shveysariyada tug‘ilmaganidan tabiatni lan’atlaydi.

Alloh taolo Yer yuzida xalifa yaratmoqchiman deganida, farishtalar, sen unda buzg‘unchilik qiladiganni yaratasanmi, vaholanki biz seni poklab hamd aytamizku, deyishadi. Shunda, Alloh taolo Odam alayhissalomga ilm o‘rgatadi, farishtalardan o‘sha narsani so‘raydi. Farishtalar esa, "Bizda sen bildirgan bilimdan o‘zga narsa yo‘q" deydilar va Imom Moturidiyning Ta’vilotu ahli sunna asarida yozilishicha, farishtalar o‘zlarining doimiy hamd aytish va Allohning poklash xususiyatining asl sababchisi ham Alloh ekanligini, agar Alloh ularga bu ilmni bermaganida, ya’ni qanday poklash va hamd aytish ilmini, hech narsa qilolmasligini anglashadi.

Shunaqa gaplar. Siz qanday ziyolisiz?

Johilmi, qaysarmi, yetimmi, mutaassibmi, bilmaydiganmi, kambag‘almi, dehqonmi, cho‘ponmi, professormi, magnatmi bu millat bizning millat.

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

"Qishda kambag‘alning titrashidan boshqa hamma narsa go‘zal!".

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Odamning ulug’vorligi uning bo’yi bilan o’lchanmaganidek, xalqning ulug’ligi ham, uning soni bilan o’lchanmaydi, yagona o’lchovi - uning aqliy kamoloti va axloqiy barkamolligidir.

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group