Translation is not possible.
Alhamdulillah, Alloh sinov berdi va tez fursatda Ôzi qólladi.
Bugun 1-soatda sinf rahbarining stolidagi oynani sindirib qo'ygan ekanman, qaramaganman umuman, o'quvchilarni tinchlantirish uchun lineykani taqillatgandim. Sinf rahbari qayta qayta telefon qildi, men esa ishdagilar ish buyurishsa kerak deb ko'tarmadim. Keyin qaytib chiqdim ularga, jahl bilan bu haqda aytdilar. Gapirolmay qoldim, chunki bexabar edim bundan. Oynani qaytadan qo'yib berasan yangiday qilib dedilar. O'shandan uyga kelgancha o'zimda bo'lmadim. Oynaga pulni qayerdan olaman, uydagilarga aytolmayman, bilsa katta muammo bo'lib ketardi. Mayli, qarz olarman dedim.
SUBHANALLAH Alloh duolarimni qabul qilib mushkulotni oson qildi. U ayol telefon qilib, qizim, qattiq gapirgan bo'lsam kechir, oyna olib o'tirma kerakmas dedi. ya Allah, neqadar Mehribonsan a bizga... Bunaqa qo'ng'iroqni sira kutmagandim, chunki u ayolni biroz bo'lsada bilardim. Demak Allohga oson ekan, hammasi...
#tafakkur
Send as a message
Share on my page
Share in the group