Translation is not possible.
Mehmet Olaqosh o'z kitoblari orqali o'quvchilarga iymon, islom asoslarini oddiy tilda, hikoya tarzida bosqichma-bosqich o'rgatmoqchidek tuyuladi.
1) Vido cho’qqisi - borliq o’z-o’zidan paydo bo’lmaganligi, barcha narsa yakka Yaratuvchi tomonidan yaratilgani bahs qilinadi. Kitob rububiyat tavhidini muolaja qiladi desak bo’ladi.
2) Peshonamdagi nur - iymon shartlari, tavhid kalimasining asl ma’nosi o’rgatiladi. Asar qahramoni dastavval faqat nomigagina musulmon bo'ladi, oxirida esa iymon haqiqatini, "laa ilaha illalloh" kalimasi ma'nosi va shartlarini anglab yetadi. Allohga bo'lgan haqiqiy iymon barcha soxta ilohlardan (tog'utlardan) yuz o'girib, ibodatni faqat Ungagina qilish kerakligi uqtiriladi.
3) Yashash fursati - qadarga bo’lgan iymon muolaja qilinadi.
4) Jumali - hukm faqat Allohniki ekanligi haqida bahs yuritiladi va ba’zi hukmlarning hikmati bayon etiladi.
Send as a message
Share on my page
Share in the group