Translation is not possible.
Assalomu alaykum va rahmatulloh.
Bir narsadan koʻnglim gʻijil boʻlib yuribdi ikki kundan beri, kayfiyatimga ham taʼsir qilgan narsa balki shudir.
Ikki kun oldin non olish uchun dukonga bordim. Nonni tashqarida turgan mahsus qutidan olayotib, quti yonida suhbat qilib turgan oilaning gaplari ravon eshitildi, biroz yomgʻir siypalab turgan edi.
-Uyda non qancha bor edi? -dedi er choʻntak kovlay.
-Kam, ertalabga yetmasa kerak, 2 ta olsak yaxshi boʻlar edi, deb ayoli javob qaytardi. Choʻntagidafi pulini koʻrgan er ayoliga qarab,
-Ertalab ishga yetib olishim uchun besh ming soʻm qolibdi dedi hoʻrsingan ohangda.
-Ha boʻldi yetib qolish kerak deb erini boyagi holatdan chiqarishga harakat qildi.
Oʻzi bu atiga 1 sekundda boʻlayotgan nonni quti eshigini ochib olgunimcha qulogʻimga chaligan soʻzlar edi. Odatda men ozroq eʼtiborsizroqman va oʻsha payt yogʻirda biroz yelkam qisilgan holatdaligimga qaramasdan Alloh shuni eshittirib qoʻydi. Hozirgacha shu suhbatni eshitgach yuragimdagi qisilish qoʻyvormayapdi. Ammo eng yomoni shu vaqtda tortinchoqligimdanmi yoki bilmadim rossa hohlagan edim 4 ta non ularga ham qoʻshib non berib yuborishni. Men non tanlashni bahona qilib haligi akani biroz oilasidan uzoqlashishini kutib turdim. Nonni oilasini oldida bersam oʻzini noqulay ahvolga solib qoʻyishdan qoʻrqdim rosti.
Biror kishiga aytib maslahat ololmadim ham gaplarimni riyoga yoʻyadimi deb. Shuning uchun ham Umma Lifedagi yaxshilardan maslahat soʻrab yozyapman.
Nima qilishni tavsiya berasiz? siz?
Send as a message
Share on my page
Share in the group