Translation is not possible.
Assalomu alaykum va rahmatulloh.
Bir nasroniy bilan munozara qilib qoldim. Suhbat davomida men Injil vaqt o‘tishi bilan o‘zgartirilgan degan fikrni aytdim. U esa menga quyidagi oyatlardan iqtiboslar keltirdi.
6:115 — “Allohning kalomini hech kim o‘zgartira olmaydi”
18:27 — “Uning kalomini o‘zgartiruvchi yo‘q”
5:48 — Qur’on avvalgi kitoblar ustidan muhaymin (qo‘riqchi) ekani
3:55 — Iso (alayhissalom) izdoshlari Qiyomatgacha ustun qilinishi
Uning savoli shunday bo‘ldi: agar Allohning kalomi o‘zgarmasa, unda Injil qanday o‘zgartirilgan bo‘lishi mumkin?
Shu masalada aqidaviy va tafsiriy jihatdan to‘g‘ri javob qanday bo‘ladi? Allohning kalomi o‘zgarmaydi degan oyatlar qanday tushuniladi?
Send as a message
Share on my page
Share in the group