Translation is not possible.
#ramazon
✔️Bu yilgi Ramazon oyi ham yaqinlashib kelmoqda. Shu sababli biz ushbu muborak oyda amalga oshirishni rejalashtirgan loyihalarimiz uchun hozirdan tayyorgarlik ko‘rishni boshladik.
 
💐Dunyoning turli burchaklaridagi mazlum qalblar aynan Ramazon oyida marhamat va e’tibor kutishadi. Shu bois bu oy rahmat oyidir, ehson va yaxshilik ulashish oyidir.
 
📘Ramazon oyida har yili amalga oshirib kelayotgan loyihalarimiz quyidagilardan iborat:
 
Ro‘zadorlar uchun iftorlik berish loyihasi (bir oy davomida har kuni).
 
🟢Saharlik uchun tayyor ovqat tarqatish.
 
🟢Zakot mablag‘larini haqiqiy muhtoj oilalarga yetkazish.
 
🟢Zaruriy oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat paketlar tarqatish.
 
🟢Fitr sadaqalarini tarqatish.
 
🟢Yetimlar va shahidlar oilalariga moddiy yordam ko‘rsatish.
 
🟢Bolalar uchun bayram kiyimlari tarqatish.
 
✅Shuningdek, odamlar muhtoj bo‘lgan boshqa hayrli ishlar ham amalga oshiriladi insha Alloh.
 
🤲Alloh taolodan sizlarning ustingizdan baraka eshiklarini ochishini, ushbu muborak oyda sizlarni O‘ziga yaqin bandalaridan qilishini hamda musulmonlarga foydasi tegadigan insonlar qatoriga qo‘shishini so‘rab qolamiz.
 
"Namozni to‘kis ado qiling va zakotni bering! O‘zingiz uchun nima yaxshilik qilgan bo‘lsangiz, uni Alloh huzurida topajaksiz. Shubhasiz Alloh qilgan amallaringizni ko‘rib turguvchidir." Baqara surasi, 110-oyat
 
☎️Ehson yuborish uchun biz bilan quyidagi manzil orqali bog‘lanishingiz mumkin: telegram.me/Vaqfadmini
 
Telegram: https://t.me/imombuxoriyvaqfi
🌐 Instagram: https://www.instagram.com/imom....buxoriyvaqfi?utm_sou==
▶️ You Tube: https://www.youtube.com/@ImomBuxoriyVaqfi/videos
image
Send as a message
Share on my page
Share in the group