#tajriba #anglash #tafakkur
Alloh har kimga har xil sinov berarkan, bir banda boshqa birining sinovini yashab o’zi his qilmaguncha uning og’riqlarini bila olmaskan. Alloh kimnidir oson kechib yuboradigan qilib qo’ysa, boshqa birini kechib ketishi uchun uzoq muddat va yoki yillar ketadigan qilib qo’yarkan. Xuddi shunday man bog’langan narsalarimdan kechib ketishim qiyin. Ayniqsa, bu dofamin bilan bog’liq bo’lsa… Mani sinovim shunday. Ko’pchilik juda hayron qolishgan “Inson shunchalik darajada bir narsaga bog’lanib qolishi mumkinmi?” - deya. Mana mumkin ekan misoli o’zimman. Avvaliga audio hikoya va audiokitoblarga juda bog’landim. Shunchalik darajadaki, uxlasam uyqularimda ham voqealarni ko’rib tushimmi yo o’ngimmi anglolmay qolardim. Uxlasam doim nimadir eshitib uxlardim. Faxriddin Shamsematov, Sakiyna, Omar Xalil, Shams Solih ularni hech biri qolmaganki, hikoyalarini eshitib tugatmagan bo’lsam. 2021-2022-yil oraliqlari hamma hikoya audiokitoblarni eshitib bo’ldim. Zerikish boshlandi, bir eshitgan narsamni qayta eshitish esa juda qiyin, zerikarli edi o’sha paytlar. Keyin bir inson tavsiya berdi-yu 2022-yil yanvardan koreys doramalarini ko’ra boshladim. Avvaliga yoqmadi, rus tilida edida, umuman tushunmasdim, zerikarli edi, lekin ko’raverganim sari rus tilim o’sdi. Boshqa tarafdan bo’lsa jismim ham, ruhim ham o’lib borardi. Umrimda birinchi marta uyqusiz tunim ham aynan doramalar sababidan bo’lgan. Shu vaqtgacha umuman uyqusiz bir tunimni o’tkazolmasam kerak degan tushuncha bilan yashaganman. Undan keyin bu boshlanish bo’lib ancha uyqusiz tunlar bo’ldi. Na yeb ichishimda, na yurish turishimda halovat, kunim va uyquyimda bo’lsa, umuman barokat qolmadi. Kecha-yu kunduz yig’lardim. Nega bu jarayon yuz berdi? Nega bunchalik uzoq davom etdi? Sababi o’sha paytda yolg’iz edim. Vaziyat yolg’izlikni taqozo qilgandi. “Do’stlarimdan” o’z xohishim bilan uzoqlashgandim ular meni yanayam orqaga tortishayotgani uchun, uyda ham sharoit taqozosi bilan asosan yolg’iz bo’lardim. Shunday qilib stress, davomli depressiya, yig’i, o’zimga nisbatan o’ta kuchli nafrat bilan 2yil ham o’tdi. Vanihoyat, Biiznillah 2024-yil iyul oylarida bu dorama ko’rish illatidan qutuldim deganimda…
#davomi_bor