Translation is not possible.
🌍 NASA Mars uchun ovqat izlayapti va buning 750 000 dollar to‘lashga tayyor
 
Vazifa oddiy eshitiladi, lekin bajarilishi qiyin: astronavtlarni Marsda nima bilan boqish mumkinligini o‘ylab topish. Gap faqat menyu haqida emas.
 
👥 Ishtirokchilar ovqatni Marsda qanday yetishtirish, saqlash va pishirish bo‘yicha to‘liq tizim taklif qilishi kerak. Eng muhim sharti esa Yer sayyorasidan hech qanday yetkazib berish bo‘lmasligi.
 
Tanlovda xohlagan odam qatnasha oladi. G‘oyalar 2026-yil sentyabrigacha qabul qilinadi.
 
Agar siz Marsda kartoshka, salat yoki butunlay yangi ovqat tizimini tasavvur qila olsangiz, NASA sizni kutyapti.
 
🦾 Kun.uz | Texnologiya
.
https://t.me/kunuztexnologiya/489
image
Send as a message
Share on my page
Share in the group