2 hour Translate
Translation is not possible.
Ba’zan insonlar bizni kuzatayotganini sezsak, ichimizda quvonch paydo bo‘ladi. E’tibor istaymiz, nafsga mashhurlik yoqadi. Bu holat menga ham begona emas.
Ammo bir savol bor: Oliy Robbimiz — Alloh taolo bizni doimo kuzatib turganini hatto qon tomirdan ham yaqinligini his qilganimizda, biz quvonamizmi yoki qo‘rqamizmi? Telefonimizga qanday parol qo‘yganimiz, yopiq eshiklar ortida qilayotgan ishlarimiz, hech kim ko‘rmayotgan paytdagi holatlarimiz… Shu amallarimizdan Alloh rozi bo‘ladimi?
Bu so‘zlarni kimnidir gunohkorga chiqarish niyatida yozmadim. Aksincha, yozganlarim avvalo o‘zimga, o‘z nafsimga qaratilgan savollar. Umidim shuki, bu fikrlar foydali bo‘lib, qalbimizni hushyorlikka chaqirsa
 
https://t.me/foydaizla
image
Send as a message
Share on my page
Share in the group