Translation is not possible.
🎲 Insta360 yangi Link 2 Pro veb-kamerasini taqdim etdi
 
Bu kamera odamni o‘zi kuzatib, harakatiga qarab buriladi. U strimerlar, geymerlar va masofadan ishlaydiganlar uchun mo‘ljallangan.
 
📷 Kamera 4K formatda yozadi, kam yorug‘likda ham aniq ko‘rsatadi va ichida shovqinni kamaytiruvchi mikrofonlar bor. Eng qiziq tomoni esa u maxsus mexanizm orqali inson qayerga yursa, o‘sha tomonga o‘giriladi.
 
Bundan tashqari, u gapni matnga aylantirib subtitr chiqaradi, xorijiy tilni tarjima qiladi va videoqo‘ng‘iroqdan keyin qisqa xulosa ham tayyorlaydi. Fonni avtomatik o‘zgartirish, yuzlarni xiralashtirish kabi funksiyalar ham bor.
 
Link 2 Pro narxi 249 dollar. Oddiyroq, burilmaydigan versiyasi esa 199 dollar turadi. Savdolar allaqachon boshlangan.
 
🦾 Kun.uz | Texnologiya
 
https://t.me/+qo7Z_myuEhg2MGJi
image
image
Send as a message
Share on my page
Share in the group