Translation is not possible.
..darvesh muridlaridan so’radi:
— Odamlar nega jahli chiqqanida baqiradi?
Muridlardan biri:
— Chunki jahli chiqadi va buni kimdan jahli chiqqan bo’lsa, o’shanga eshittirishni istaydi, - deb javob qaytardi.
Darvesh yana so’radi:
— Yaxshi, lekin jahli chiqqayotgan kishi yonida bo’lsa, unga eshittirish uchun baqirishning nima keragi bor?
Muridlar shoshib qolishdi va rostdan ham baqirish shart emasligini o’ylashadi.
— Xo’p, unaqada baqirishning sababi nima? - deb darveshning o’zidan so’rashdi. Darvesh bo’lsa:
— Insonlar jahli chiqqach, o’zlarini eshittirish uchun baqirishadi, bu to’g’ri, chunki ularning jahlini chiqargan kishining tanasi yonlarida bo’lsa ham, u qalban uzoqlarda bo’ladi. Baqirishdan maqsad qalb ovozini qalbga eshittirishdir. Ammo shuni unutishadiki, kishi baqirgan sayin qalb yanada uzoqlashadi. Qalblar uzoqlashgan sayin esa kishi yanada ko’proq baqiradi. Mana shuning uchun ham qalbi bir biriga yaqin insonlar baland ovozda gaplashishmaydi..
Send as a message
Share on my page
Share in the group