Din deganda nimani tushunyapmiz o’zi?
Ayrim manzaralarni ko’rib ezilaman,chuqur o’yga tolaman:
• Orqa oynasiga ‘Biz sizni ko’rmasdan sevdik, yo Rasululloh!’ deb yozilgan mashina uchinchi qatordan havfli burilib, birinchi qatorga o’tadi va azon aytilayotgan machit yonidan magnitafonni vang’illatib o’tib ketadi;
• Oshqovoq, qovun, qo’zichoq ustidagi yozuvsifat chiziqlarni ‘Alloh’ deya o’qib hayratlanganlar buni darhol ‘Yaratganning qudrati’ deya o’rtog’iga ulashishga intiladi. Lekin shu paytgacha yaratganning boshqa qudrati haqida mulohaza yuritmagani hayoliga ham kelmaydi;
• Hijob ostidagi kipriklar shunchalar uzun, shunchalar yarqiroqki, pardozdan tarang tortilgan yuzga soya soladi;
•Soqol ko’krakni yopadi, lekin rangdor va tor ishtonlar kindikni yopolmaydi, namozda belning bir qarichi ochiq turadi;
•Ilmiy asoslangan minglab ma’ruzalar aytilsa quloqqa kirmaydi, lekin ertaksifat bitta rivoyatga qarab dini Islomga baho beriladi;
•’Juma muborak’ degan yozuvli, oldida ulkan va qimmatbaho avtomobil, uzoqda machit minorasi surati ko’rsatilgan tabriklar yo’llaydiganlarning alsariyatini juma namozida ko’rmaysan;
•Bir yetimning boshini silashga yaramagan qo’llar qichqirig’i va muridlarni so’kishi bilan mashhur ‘domla’ni ko’rganda oyog’ini silashga tayyor;
•Bobolarining ilm va e’tiqodi bugungi taraqqiyotga beshik bo’lgan din vakillarining aksariyati bugun nanotexnologiyalar haqida tushunchaga ega bo’lmagani holda namozda qo’l ko’krak ustida yoki qorin ustida turishi haqida soatlab tortishishadi;
•Boshqa biror jihatda shariatni qo’llashni hayoliga keltirmaydiganlar qo’shxotinlikda shariatni yodga olishadi, bu peshvo qaysi ma’hadda ilm orttirdi ekan, deb o’ylab qolasan.
(C) Abror Zohidov.