Translation is not possible.
Siz yolg’iz qolishdan qo’rqasiz!
Shuning uchun nimadurlar qilasiz,ahmoqona bo’lsada toqatingiz ko’tarmasada,suhbatdosh ham suhbat ham yoqmasada suhbatni cho’zasiz o’zingizcha vaqtni mazmunli o’tkazyapman deb o’zingizni aldab ham qo’yasiz yana.
O’zingiz yolg’iz qolsangiz qiynalishingizni aytasiz.Nima uchun shunday aslida? Tinch sokin bo’lishingizga nima xalaqit beradi?
Siz qo’rqasizki,o’tmishingiz,xatolaringiz,
siz va yolg’iz Allohgagina ayon qilmishlaringiz bilan bir burchakda yolg’iz qolishdan qo’rqasiz!
O’zingizga hisob berolmaysiz.
O’zingizdan qochasiz.
Yolg’izligingizdan noliysiz,odamlardan noliy boshlaysiz.Sizga e’tiborsiz ekanligini vaj qilasiz,tushunmasligini ro’kach qilasiz.Asl xato qayerdaligini tushunmaysiz emas,hamma muammo shunda tushunasiz,bilib turib boshqalarni ayblaysiz!
Nega?Chunki siz yolg’iz qolib ketishdan qo’rqasiz.
Oynani olib o’z ko’zingizga tik boqishdan qo’rqasiz!
Ich ichingizda o’zingizdan nafratlanasiz.Hayotingizdan nafratlanasiz,taqdiringizni ayblaysiz.Bu energiya ichingizga sig’may ketganidan yon ayrofingizga ham xuddi shu kuchsiz nafrat bilan boqasiz.Kimningdir tirnoqlari bilan kovlab ochgan qudug’idan chiqayotgan bilol suvnigina ko’rasiz xolos,qonli mehnatini emas.Bilaman deysiz,aslida eshitishni bilmaysiz,o’z fikringizga sodiq hamsiz shu holingizda.Siz o’zingizni isloh qiling deyishdan to’xtamaydigan odamlarga ters yuz burasiz,hayotda kurashishni,yaxshilik va baxt yaratishga undash esa sizga doim zoye ketadi.
Uni haqqi yo’q edi.
Men bunga loyiq emas edim.
Nima uchun men bilan bunday bo’ldi..
Shunday qarashlaringiz bor ekan sizga o’sha ertaklardagi “susanbil”ga eltib qo’yishganida ham,baxt saodat ko’pligidan noliy boshlaysiz.Tez orada toqatingiz toq bo’ladi.Muammo atrofda emas tushuning ortiq,muammo sizda;
Fikrlaringiz,
qarashlaringiz,
ahmoqona hayollaringizda.
Bu hayot! Va u insonlarga chekiga tushganidan ortiqroq narsalarga loyiq qiladi insonlarni.Ammo har inson o’z hayoti va muammolarini har xil yengadi,ehitmol hamma ham yengolmas,lekin hamma ham yengilmaydi.
Boshqalarni tinch qo’ying!
Ular ham jannatda yashayotganlari yo’q.Dardini dasturxon qilavermaydi degani,rohat farog’atda yashayapti degani emas.
Avval o’zingiz bilan kelishib oling.
Tan oling!
“O’zingiz” qilmishlaringiz uchun toki o’zingiz sizni kechirsin.
Yana nima aytaymi?
Hech kimdan hech narsa kutmasdan yashang!Ishoning baxtli bo’lasiz.
Kutish bu azob!
Ha yana bir narsa siz qilganingiz uchun insonlar sizga nimadir qilmaydilar,unuting bu xom hayolni..
Hayot bu hikoya kabi,o’qilishi oson ammo yashalishi qiyin bir yo’l..
Send as a message
Share on my page
Share in the group