Translation is not possible.
Sen qizingning sochini silab
Turgan paytda, baxtdan bo‘lib ko‘r,
Olislarda, beovoz yig‘lab
Kimdir qazir bolasiga go‘r.
Artarkansan o‘g‘lingning araz –
Qilib to‘kkan ko‘zin yoshini,
Olislarda yig‘laydi ona
O‘g‘li uzra egib boshini.
Buncha loqayd bo‘lmasdi ko‘ngling,
Ko‘zlaringda porlamasdi nur,
O‘sha go‘dak o‘rnida bolang
Yotganini qilsang tasavvur.
Turmas eding shodumon kulib,
Boqmas eding bunchalar sen sho‘x,
Bir kun sening bolangga kelib
Tegishini, bilsang, o‘sha o‘q…
Send as a message
Share on my page
Share in the group