Translation is not possible.
☪️ O‘zbekistonda mikromoliya tashkilotlariga islomiy moliya xizmatlarini ko‘rsatishga ruxsat berildi
Bu bo‘yicha Markaziy bank boshqaruvining qarori qabul qilindi (https://lex.uz/uz/pdfs/-7775305).
Unga ko‘ra, mikromoliya, faktoring tashkilotlari hamda lombardlarga quyidagi islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlarni ko‘rsatishga ruxsat berildi:
🔹 islomiy ijara;
🔹 muzoraba — foydani taqsimlashga asoslangan moliyalashtirish;
🔹 murobaha — nasiya savdoga asoslangan moliyalashtirish;
🔹 mushoraka — sherikchilik, ya’ni foyda va zararlarni taqsimlashga asoslangan moliyalashtirish;
🔹 salam — oldindan to‘lovga asoslangan moliyalashtirish.
❗️Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin, ya’ni 2026-yil 21-yanvardan kuchga kiradi.
👉https://t.me/xushnudbek/30075 👈
Send as a message
Share on my page
Share in the group