Translation is not possible.
Alloh taalo Ankabut surasi 2-oyatida aytadiki: “Odamlar iymon keltirdik deyishlari ila imtihon qilinmay tark etilishlarini o’yladilarmi?”.
Demak, Alloh taalo iymon keltirdim deb davo qilgan barchani imtihondan o’tkazarkan, shu orqali ular iymonida sodiqmi yo kozibmi aniqlash uchun, garchi U Zot O’z ilmi azaliysi ila barchasini bilib tursada. Har bir iymonni da’vo qilgan odam albatta, shubhasiz imtihondan o’tkazilar ekan. Ushbu oyatda ishlatilgan arab lug’atidagi “fatana”, imtihon qilishni boshqa bir ma’nosi zargarlarning oltin zarralarini olovda kuydirib, toblab, undan yomon joylarini, tosh, qum kabilarni chiqarib tashlab sof oltinni ajratib olish jarayoni ekan. Subhanalloh Alloh taalo ham shu kabi, insonlarni sinov, imtihonlar bilan “toblab”, ulardan haqiqiy iymon keltirgan, iymonida sodiqlarni, faqat nomigagina iymon keltirganlardan ajratib olarkan. Imtihon kishining iymon darajasiga qarab beriladi. Iymon kuchaygani sari sinov, imtihon ham kuchayib boradi. Shuning uchun ham eng qattiq sinovlar payg’ambarlar alayhimassalomga kelgan bo’lsa kerak. U zotlar insonlarning eng afzali bo’lishlariga qaramay, eng katta imtihonlar ham ularga keldi, xossatan payg’ambarimiz Muhammad alayhissalomga. Bu bilan Alloh taalo O’ziga eng yaqin bo’lgan kishilarniki sinovdan o’tkazishini, sinov bo’lganda ham eng og’ir sinovlardan o’tkazishini ko’rsatdi. Biz kabi zaif bandalar hech o’ylamasligimiz kerak ekanki, biz iymon keltirdik, Alloh bizni yaxshi ko’radi, biz endi sinalmaymiz, jannatni kaliti qo’limizda… yo’q bu katta xato ekan. Alloh barchamizni albatta, hech shubhasiz imtihon qiladi.
Oldin bu oyatni o’qiganimda, qattiq-qattiq sinovlar hayolimga kelardi. Aslida ham shunday, lekin biz umuman o’ylamagan holatlarda, g’aflatlarda qolganimizda ham Alloh taalo bizni imtihon qilyotgan bo’lishi mumkin ekan. Namozlarni qoldirish (ko’pchilik uchun oddiy hol bo’lib qolgan, aslida eng katta gunohi kabiralardan), ularni kechiktirish, kishilar ko’ngliga ozor berish, ma’siyatlardan tiyilmaslik, ota-onamiz biror ish buyursalar bajarmaslik… o’zimizni kunlik hayotimizga yaxshilab e’tibor bersak, o’zimizga ko’rinadi. Ya’ni biz katta sinovlarni hayolimizda o’ylab, kundalik hayotimizdagi kichik sinovlardan g’aflatda qolib, yiqilib qolishimiz mumkin ekan. Alloh taalo bizlarni imtihonlardan salomat holda o’tib, iymonida sodiqlardan bo’lishimiz nasib etsin! Amiyn.
Send as a message
Share on my page
Share in the group