Translation is not possible.
Fikrlarimiz bir-biriga to'g'ri kelganlar bilan yaxshi chiqishamiz, do'st bo'lamiz, hamkor bo'lamiz. Bu zo'r.
 
Ko'pchilik o'z fikrlari to'g'ri kelmaydigan odamlardan uzoq bo'lishga harakat qilar ekan. Imkon qadar ular bilan muloqotga kirishmas ekan. Bu zo'r emas.
 
Fikr va ishonchlarimizga qarshi argumentlari bor insonlarni qidirib topishimiz va ular bilan suhbat qurishimiz zarur deb hisoblayman.
 
Men ana shunday qilishga harakat qilaman.
 
Maqsadim ular nega xato ekanligini isbotlash emas, balki ularning nazdida nega men xato fikrlayotganimni tushunishga harakat qilish.
 
Misol uchun, men O'zbekistonda biznes qilmoqchiman. Atrofimdagilar buni 100% qo'llab-quvvatlaydi, nega bu yaxshi ekanligini aytishadi.
 
Menga esa nega bu yaxshi fikr emasligini aytadigan odamlar kerak.
 
O'ziga ishongan inson fikrlarini tasdiqlovchilardan ko'ra, uning fikriga qarshi chiquvchilar ko'proq foydali bo'lishi mumkin.
 
Bu yerdagi kalit ibora "o'ziga ishongan" bo'lishlik.
 
Agar inson o'ziga ishonmasa, qarshi fikrlar ishonchni yanada tushirib yuboradi.
 
O'ziga ishonch qanday ortadi? Unga qarshi fikr bildirishsa ham, o'zi to'g'ri deb o'ylagan maqsadga yetishga urinish orqali. Mayli maqsadiga erishmasin, lekin unga qarab yurib ko'rdi, shunga iroda va shijoat topa oldi.
 
O'ziga ishongan odam hammadan fikr eshitadi va baribir oxirida o'zini bilganini qiladi 😊
 
Bek Olimjon
24.04.25
Send as a message
Share on my page
Share in the group