Translation is not possible.

"Sanoq"

(Jazoir hikoyasi)

• Yoshligimizda ko‘pincha och uxlardik…

• Onam bizga yulduzlarni sanab tugatsak nonimiz ko‘p bo‘lishini aytardi…

• Biz osmonga tikilib, yulduz sanardik…

• Sanay-sanay charchab, och holda uxlab qolardik…

• Bir kuni singlim vafot etdi…

• Yulduz sanagani uchun ko‘zi osmonda edi…

• Onam uning ko‘zlarini silab yumar ekan, yulduzlarni sanab tugatganini aytdi…

• Dafn marosimida rostdan ham ko‘p nonlar olib kelishdi…

• To‘yib-to‘yib yedik…

• Singlim esa yo‘q edi…

• Singlimni sog‘indim…

• Onamga:

- Anavi odamlarga ayting, nonlarini olib ketishsin, singlim qaytib kelsin! Uning o‘rniga yulduzlarni o‘zim sanayman! -, derdim…

• Ular nonlarini olib ketishmadi, singlim ham qaytib kelmadi…

• O‘shandan beri sanoqda adashib ketaman:

• Bir…

• Ikki…

• Singlim…

• To‘rt…

• Besh…

• Yig‘lab-yig‘lab, uxlab qolaman! 😞🥲😔

©️ Abdulmun’im Omir, Jazoirlik shoir va yozuvchi

Send as a message
Share on my page
Share in the group