Translation is not possible.

kunlardan bir kuni Xalifa Umar Roziyallohu anhu qizi Hafsaning oldilariga keldi va shunday dedi: \"men sendan meni anchadan biri oʻylantirayotgan bir masala haqida soʻramoqchiman. Ayol kishi eridan qancha muddatga uzoq boʻlishlikka chiday oladi yaʼni aloqa qilmaslikka\" dedilar. Hafsa onamiz uyalganlaridan boshlarini quyi solib oldilar. umar Roziyallohu anhu dedilar: "Qasamki, Alloh haqiqat yoʻlida hayo qilmaydi". shunda hafsa onamiz: \" 3 oy sabr qila oladi, agar 3 oyga imkon boʻlmasa, 4 oy\" dedilar. Shundan soʻng Jang qilish uchun ketgan erkaklar 4 oyda uyga qaytariladigan va oʻrnilariga boshqalari jangga ketadigan qilib qonun belgilandi.

bundan biz katta ibratlar olishimiz mumkin.

1. qanchalar uyat boʻlsada, haqiqat yoʻlida, din yoʻlida bu chegara buzilishi mumkin ekan. yaʼni masalan, koʻp ota-onalar voyaga yetgan bolalariga jinsiy hayot haqida, ixtilom haqida, xatto xayz haqida tushuntirmaydi. vaholanki bola kun kelib buni boshqa birovdan eshitadi va unda xato maʼlumotlar shaklllanib qoladi. bu esa bolada jinsiy hayotga nisbatan traumaga olib keladi. birovdan xato maʼlumotlarni eshitib katta boʻlganidan koʻra, oʻz yaqinlari qogʻozga oʻrab, toʻgʻri tushuntirib berganlari afzaldir.

2. ayol tovuq miya degan gap, islomda ayollarning huquqi yoʻq degan gaplar yolgʻon, ayolning haqlari hisobga olinib Islomda er xotinini 4 oydan oshiq vaqt tashlab ketishi taʼqiqlandi. ayol kishidan bu masalada maslahat soʻraldi. eng erkaklar yetishmayotgan vaqtda, har 4 oyda erkaklar uylariga qaytariladigan boʻldi, bu esa, qanchalar muhim masala ekanligini maʼlum.

3. syollar buzilib ketyapti, erlariga xiyonat qilayapti deyishayapti, ayolga tosh otguncha, uning mahramini ayblang. erlari yillab Rossiyaga ishlashga ketishadi, ayolda ham shahvat bor, yillab uni haqqi zoye boʻlib ketadi. Allohdan qoʻrqing, qiyomatda Ayolingiz haaqlaridan, farzandlaringiz haqlaridan soʻralasiz, siz risqdan soʻralmaysiz, chunki risq Allohning qoʻlida boʻlgan narsa. Alloh isloh qilsin

Send as a message
Share on my page
Share in the group