Translation is not possible.

Ey Odam farzandi !

Kishi oʻlimga iymon keltirib, yana qanday xursand boʻlayotganidan ajablandim. Hisob-kitob boʻlishiga iymon keltirib, mol-dunyo toʻplayotganiga ajablandim. Oxiratga iymon keltirib, nechuk rohatlanayotganiga ajablandim. Dunyo va uning zavoliga ishonib, nechuk unga hotirjam boʻlayotganiga ajablandim. Tilida olim, qalbda johil kishidan ajablandim. Suv bilan oʻzini poklasa ham, qalbi poklanmagan kishidan ajablandim. Odamlarning ayblari bilan mashgʻul boʻlib, oʻzining ayblaridan gʻofil qolgan kishidan ajablandim. Alloh taolo kuzatib turganini bilgan holda yana qanday Unga osiylik qilayotgan kishiga ajablandim. Oʻzining yakka holda oʻlishini, yakka holda qabrga kirishini, yakka holda hisob-kitob qilinishini bilaturib nechuk Parvardigoridan oʻzgani doʻst tutgan kishidan ajablandim. Haqiqatan Mendan oʻzga iloh yoʻq. Albatta Muhammad (alayhissalom) Mening bandam va rasulimdir.

©Hadisi qudsiydan..

Send as a message
Share on my page
Share in the group