Translation is not possible.
Mirzolar – Mishaga aylangan yillar,
Suvonlar – Sashaga aylangan yillar,
Alisher – Alikka, Kamol – Kolyaga,
Muattar – Mashaga aylangan yillar,
Men sizdan oʻkinib yashayman.
 
Gulchehra ismini “Gulya ”deganlar,
Zulxumor, Zumradni “Zulya” deganlar,
Rostmana nomini aytsang ortingdan,
“Madaniyatsiz boʻlmay, oʻl-ye”, deganlar,
Men sizdan oʻkinib yashayman.
 
“Borya” yozganlardan Bobur xafadir,
“Tolya” yozganlardan Temur xafadir,
“Fedya ”yozganlardan Farhod koʻngli gʻash,
Qolganidan yana kimdir xafadir,
Men sizdan oʻkinib yashayman...
 
✍ Erkin Vohidov
🎙 Qamariddin Bekmuhammad oʻqigan.
24 views
Send as a message
Share on my page
Share in the group