Translation is not possible.

Bitta muammoni tahlil qilib chiqish kerak deb oʻyliman.

Jamoat transportlaridagi holatni...

Erkak va ayollarga alohida joy qilish masalasi dolzarb desayam boʻladi. Oʻzim shu jamoat transportida universitetga qatnab kelaman.

Agarda birorta yosh qiz yoki ayolni oʻrni boʻsh boʻlsa, qaysidir erkak kishi kelib uni yoniga oʻtirib oladi. Yokida buni aksi.

Ozgina farosatni ishlatsak yaxshi boʻlardi deb oʻyliman.

Lekin bir tomoni, avtobus va metrolarda odam sigʻimidan tashqari yana va yana yoʻlovchi qabul qilib olinadi...

Yosh hijobli qizlarimiz yoki ayollarimiz ham erkaklarni orasida qolib ketib qoladi.

Yelkasi yelkasiga, yoki badaniga tegib ketishni gapirmasa ham boʻladi.

Yoki jamoat transportlarini sonini koʻpaytirish kerak, yoki erkaklar oldi tarafda ayollar orqa tarafda joylashadigan qilib xalqni oʻzi birlashish kerak deb oʻyliman.

Send as a message
Share on my page
Share in the group