Translation is not possible.

«O‘zingizni halokatga duchor qilmang»

Baqara surasi 195-oyat

Sigaretning zarari tibbiyot tomonidan isbotlangan. Shariat esa zarar isbotlangan narsalarni iste’mol qilishni man qiladi. Shuningdek, zararli narsalarga mablag‘ sarflash ham mol-davlatni isrof qilish hisoblanadi va bu shariatimizda oqlanmaydigan holat sanaladi. Zero, Rasululloh ﷺ mol-davlatni zoye qilishdan qaytarganlar (Buxoriy, 6862-hadis; Muslim, 593-hadis).

Mashhur tabib va shifokorlar sigaretda nikotin moddasi mavjudligi va bu modda geroin va kokoinda ham borligini ta’kidlaganlar.

Ba’zi insonlar “Sigaret tarkibidagi gudron zararli emas, zarar bersa ham, juda kam miqdorda zarar yetkazadi”, degan fikrlar bilan o‘zlarini oqlashga harakat qiladilar. Lekin bu noto‘g‘ri fikr. Chunki hozirgi zamon tibbiyoti shuni isbotlaganki, sigaretdagi oz miqdordagi gudron moddasi saratonning nodir turlaridan birini paydo qilishga qodir. Bir so‘z bilan aytganda, tamaki mahsulotlari inson sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lib, turli kasalliklar, xususan, saraton kasalligini keltirib chiqaradi.

🔗 Ustoz Bilol Sohib - Kanaliga obuna bo\'ling

🩵 Telegram 🩷Instagram ❤️ Youtube 💙Facebook

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group