Translation is not possible.

Tarixga nazar soladigan bo\'lsak, avvallari insoniyat ayol zotini odam o\'rnida ko\'rishmagan. Ayol zotiga oddiy bir buyumdek muomala qilishgan.

Bir misol: arablar johiliyat vaqtida farzandi qiz tug\'ilishini o\'ziga or deb bilgan. Agar farzandi qiz bo\'lsa, odamlar orasida boshini ko\'tarib yura olmagan va doim undan qutilish payida bo\'lgan.

Norasidalarning birgina aybi dunyoga qiz bo\'lib kelgani bo\'lgan!

Keyinchalik insoniyat tarixida birinchi bor ayol-qizlar shanini, obro\'sini, qadr-qimmatini yuqorilarga ko\'targan g\'oya bu Islom bo\'ldi! Islomgacha ayollar huquqlari faqat toptalgan.

Islom ta\'limotlariga binoan qiz bola tug\'ulsa, o\'g\'il bolaga qaraganda ko\'proq hursand bo\'lishlik buyurilgan. Hadis shariflarda ikkita yoki uchta qizni tarbiyalagan otaga jannat bashoratlari berilgan.

Ayol-qizlarga tug\'ulganidan boshlab to vafotigacha ortiqcha mas\'uliyatlar ham yuklanmagan. Ular uylarida malikalardek o\'tirishi, erkaklar esa ularga xizmatkordek moddiy va ma\'naviy taminotini qilib qo\'yishligi vazifalari yuklangan.

Ayollarda erkaklarga nisbatan haqlari ko\'p.

Endi hozirgi kunga kelib, islomga amal qilishlikni ayollar horlik-qoloqlik deb qarashyapti. Erning xizmatini qilish, bolalarni tarbiyalashni o\'zlariga ep ko\'rishmayapti.

Baxtga erishaman deb, G\'arbdan kirib kelayotgan yot g\'oyalarga ergashib, alal-oqibat baxtsizlikka yuz tutishyapti!

Asl baxt Islomda!

Send as a message
Share on my page
Share in the group