Sevgi haqida soʻrasang—yolgʻizlik bilan sinalasan.
Sabr soʻrasang—qiyinchiliklar bilan sinalasan.
Qat’iyat va intizomli boʻlishni soʻrasang, albatta seni chalgʻituvchi, nafsinga yengillik beruvchi narsalar bilan sinalasan.
Yaxshi inson boʻlishni xohlaysan va boshqa insonlarning yomonligi bilan sinalasan.
Mustahkam imon soʻraysan va fitnalar bilan sinalasan.
Oqil boʻlishni istaysan, xatolar bilan sinalasan.
Xarakatda davomiylikni soʻraysan, toʻsiqlarga duch kelasan.
Kechirimli boʻlay deysan, adolatsizlik bilan sinalasan.
Shukr qiluvchilardan boʻlishni xohlaysan va yetishmovchilik bilan imtihon qilinasan.
Shuni tushunishimiz kerakki, biror narsa haqida Allohdan soʻraganimizda, soʻragan narsamizga loyiq ekanimizni isbotlashimiz uchun Alloh bizga imkoniyat beradi.
Bu sinovlarni istayotgan narsamizga erishish yoʻlida, Allohdan kelayotgan yordam sifatida qabul qilish, chidamli va hotirjam boʻlishimiz zarur.
أَحَسِبَ النَّاسُ أَن يُتْرَكُوا أَن يَقُولُوا آمَنَّا وَهُمْ لَا يُفْتَنُونَ
Odamlar “Iymon keltirdik” deyishlari ila sinalmay, tark etilishlarini oʻyladilarmi?
29:2
(c) Farohun