Translation is not possible.
Yahyo ibn Muoz roziyallohu anhuning yonida "Toha" surasining 43-44-oyatlari o‘qilganida ovoz chiqarib yig‘lashga tushardi. Oyat quyidagicha: "Sizlar fir’avnning oldiga boringlar, chunki u ("Men xudoman" deb) haddidan oshdi. Bas, unga yumshoq so‘z so‘zlanglar! Shoyad pand-nasihat olsa yoki (Mening qahrimdan) qo‘rqsa".
Yahyo ibn Muozdan bu oyatning nimasi seni yig‘latadi deb so‘rashganida: "Allohim! "Ilohman" deb turganga shafqating shunday bo‘lsa, "Sen ilohsan" deganga shafqating qanday ekan deb yig‘layman", - deya javob bergandi. (Tafsir ul-Bag'oviy)
Send as a message
Share on my page
Share in the group