Ta’lim hech qachon to‘xtamasligi kerak
Suratda: O‘qituvchi va o‘quvchilari ochiq havoda dars o‘tishyapti.
Joy: Yaponiya.
Vaqti: 1945 yil, sentyabr.
Xirosimada atom bombasi portlashidan roppa-rosa bir oy o‘tgan.
Tarixda Xirosima shahriga 1945 yili, 6 avgustda AQSH tomonidan Little Boy (“Bolakay”) deya nomlangan uran zaryadli trotil ekvivalenti 20 ming tonnaga teng atom bombasi tashlanishi natijasida bir lahzada 80 ming kishi halok bo‘lgan, 12 ming kishi bedarak deb topilgan, 40 ming kishi jarohatlangan edi. 9 avgustda esa Nagasaki shahriga Fat Man (“Baqaloq”) deb nomlangan ikkinchi atom bombasi uloqtirilishi natijasida esa, 73 ming kishining yostig‘i qurigan.Bugungi kunda Yaponiya eng ilgʻor davlatlar qatorida yetakchi oʻrinda. Va albatta bu oʻrindan tushgisi yoʻq.
Ha, ular qiynalishdi, ularga adolatsizlik qilindi. Lekin ular chekinishmadi. \"Bizda u yoʻq, bizda bu yoʻq, hech kim yordam bermayapti, hamma jim qarab, tomosha qilib turishibdi\", deyishmadi. Vaholanki, haqiqatda shunday edi.
Chunki ular tushunishdiki, hech kim sharoit qilib bermaydi. Shu sabab ular ar oʻzlariga oʻzlari muhit, sharoit yaratishdi. Barchasidan voz kechishdi, oʻzlarini va farzandlarini ilmli qilish uchun. Va ular bu yoʻlda sobitqadam, davomli boʻlishmoqda.