Translation is not possible.

Ko\'chada ochiqlikda jon saqlayotgan Falastinlik opaga vaqtinchalik boshpana qurib berildi #palestine

Rafah chegara o\'tish punkti s|0n|st bosqinchilari tomonidan ishg\'ol qilinib, 75 kundan beri Falastinning G\'azo sektoriga yordam mashinalari kiritilmayapti. Natijada mintaqada iqtisodiy inqiroz, suvsizlik, ocharchilik va qashshoqlik kun sayin ortib bormoqda. Shu bilan birgalikda qirg\'inlar ham tobora kuchayib bormoqda. Bombordlar oqibatida millionlagan inson jon saqlash maqsadida ko\'chish ortida ko\'chishlik bilan sarson bo\'lishmoqda. Va yuz minglagan aholilarning uy-joyida bombordlar natijasida vayronaga aylanib ko\'chalarda va boshpana hamda chodir markazlarida jon saqlashga majbur bo\'lishmoqda.

Ushbu opaxonimiz ham 5ta farzandning onasi bo\'lib, farzandlari bilan ko\'chada ochiqlikda jon saqlayotgan edilar. Alloh taoloning fazli bilan va birodarlarimizni moddiy yordamlari bilan bu opamizga vaqtinchalik boshpana qurib berildi. Alloh taolo barcha xayr egalaridan rozi bo\'lsin.

288 kundan beri G\'azo sektorida qirg\'inlar davom etmoqda. Kunlar o\'tmoqda, lekin zulm va vahshiyona qirg\'inlar ortib bormoqda. Hasbunallohu va ne\'mal vakiyl.

Alloh taoloning fazli bilan G\'azo sektoring al-Breyj mintaqasida qochqinlikda va chodirlar ostida jon saqlayotgan oilalarga sabzavot paketlari va naqdiy yordamlar ulashdik. Alloh taolo barcha xayr egalaridan rozi bo\'lsin.

Bizlarning xayrli loyihalarimizda qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lsangiz, biz bilan aloqa qiling; https://t.me/saxovatli

Agarda moddiy yordam berishlikka qurbingiz yetmasa, bizlarning faoliyatlarimizni boshqalarga ham ulashib, xayrli ishlarga sababchi bo’lib, ajrga sherik bo’ling!

Yaxshilikka dalolat qilishlik – yaxshilikning (yordamning) bir turidir!

#gaza #palestine #freepalestine #quran #ислам #Палестина #дуа #Коран #Ислам #хадисы #الإسلام #сунна #коран #islamedia #القرآن #газа #Газа #хадис

11 views
Send as a message
Share on my page
Share in the group