Translation is not possible.

Bolalikda \"u\"ndan koʻp foydalana olmas eding foydalansangda \"u\" juda shirin edi va \"u\"ni toʻsuvchi ham mavjud emas yohud endigina bir nechasi mavjud edi holos...

Ulgʻayding, Garchi \"u\"ning himoyasiga kelganlar soni \"u\"ndan kuchli va son jihatidan koʻp boʻlsa-da \"u\"ndan juda koʻp foydalana boshlading, foydalangding-ki \"u\"ning zarari-la bir Daftarni toʻldira boshlading.

Qariding, aql yetildi, endi \"u\"ning zararlarini nihoyat anglading va \"u\"ni qayerda qoʻllash va qoʻllamasliknida oʻrganding, \"u\"ning himoyachilari ham asta sekinlik bilan, oʻz vazifalarini, tushungan aqlga tashlab keta boshlashdi...

Yuqoridagi \"u\"lar bu bizning tilimiz!

Himoyachi atalmish biz anglamaydigam darajada katta vazifalarni amalga oshiradigan tishlarimizdir.

Robbimiz har jabhada bizga ziyon yetkazuvchi biri oldida ziyonini to\'ssin uchun bir necha himoyachi berar ekan.

Subhanalloh!

Sahl roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim menga ikki oyog‘i orasidagi narsaning va ikki jag‘i orasidagi narsaning kafolatini bersa, men unga jannatning kafolatini beraman», dedilar».

Buxoriy va Termiziy rivoyat qilishgan.

Send as a message
Share on my page
Share in the group