Endi gunohimga qayg\'urmay qo\'ydim,
Befarqman botqoqqa botgan bo\'lsam ham.
Soxta solihlarning niqobin kiydim,
Sirti Mo\'min, qalbi munofiqdayman.
Xohishim Firdavs, lek, harakat kuchsiz,
Qalbimda yo\'qdayin do\'zaxdan qo\'rquv,
Nafsim tindirmadi, o\'zi charchashsiz,
Iymonim qaytarmas, so\'zsiz, kar-soqov.
Gunohdan tiyildim, bandadan qo\'rqib,
Yolg\'iz holim faqat o\'zimga ayon.
O\'zgaga Qur\'on-u hadisdan o\'qib,
O\'zim amal qilish, baridan qiyin.
Tavbalarim kamdir, ibodat chala
Balki men bilgandan ko\'proq gunohim.
Amalim niyatga teskari. Balki,
Shudir munofiqlik, menman munofiq.
Rahmatdan umidim uzmadim hali
Musulmon holimda o\'layin o\'lsam.
Nomda bor, chin mo\'min bo\'lmadim hali.
G\'azoga borardim chin mo\'min bo\'lsam.
©️Umr Abduqodir
29.06.2024
Endi gunohimga qayg\'urmay qo\'ydim,
Befarqman botqoqqa botgan bo\'lsam ham.
Soxta solihlarning niqobin kiydim,
Sirti Mo\'min, qalbi munofiqdayman.
Xohishim Firdavs, lek, harakat kuchsiz,
Qalbimda yo\'qdayin do\'zaxdan qo\'rquv,
Nafsim tindirmadi, o\'zi charchashsiz,
Iymonim qaytarmas, so\'zsiz, kar-soqov.
Gunohdan tiyildim, bandadan qo\'rqib,
Yolg\'iz holim faqat o\'zimga ayon.
O\'zgaga Qur\'on-u hadisdan o\'qib,
O\'zim amal qilish, baridan qiyin.
Tavbalarim kamdir, ibodat chala
Balki men bilgandan ko\'proq gunohim.
Amalim niyatga teskari. Balki,
Shudir munofiqlik, menman munofiq.
Rahmatdan umidim uzmadim hali
Musulmon holimda o\'layin o\'lsam.
Nomda bor, chin mo\'min bo\'lmadim hali.
G\'azoga borardim chin mo\'min bo\'lsam.
©️Umr Abduqodir
29.06.2024