Gender tenglik haqida.
Barcha erkaklarga bu haqida gapirilsa ensasi qotadigan. Ayollarga tenglikka qarshi gapirilsa
Gender tenglik o\'zi nima? Wikipediaga yozadigan bo\'lsak quyidagi javobni olamiz:
Gender tengligi va jinsiy tenglik, aniqrogʻi: erkaklar va ayollar oʻrtasidagi tenglik — bu oilada va jamiyatda erkaklar va ayollar oʻrtasida teng huquqlarga erishishni nazarda tutadigan tushuncha va boshqa qonuniy munosabatlar. Baʼzi tadqiqotchilarning fikriga koʻra, gender tengligi — bu patriarxal tizimdan keyingi ijtimoiy-jinsiy munosabatlarning keyingi bosqichi(shu joyini qayta o\'qing). Gender tengligi tamoyili insonning shaxs sifatida paydo boʻlishiga toʻsqinlik qiladigan barcha ijtimoiy toʻsiqlarni oʻrganish va yoʻq qilish, shuningdek, hayotning barcha sohalarida erkaklar va ayollar shaxsiyatini anglash uchun teng ijtimoiy imkoniyatlarni yaratishdan iborat.
Endi savol tug\'iladi (albatta, buni o\'zim erkak kishi bo\'lganim uchun aytayapman): Gender tengligiga harakat qilayotganlar rostanam ikkala jins vakilini har tomondan (hatto oilada) o\'zaro teng bo\'lishini xohlashadimi? Yoki faqat huquqiy tomondan tengligi kerakmi? Balki, ularga umuman tenglik kerakmasdir, ularga ayollarning erkaklardan ustunligi kerakdir. O\'zlari ham aniq nima xohlayotganini bilolmayotgan qatlam bo\'lib ko\'rinadi menga. Ayol kishiga qancha imkoniyatlar berilsa, shuncha yaxshi albatta. Ayol o\'zi tan oladimi yo\'qmi, erkakka nisbatan ojiza hisoblanadi. Lekin, buni soxta nom bilan \"tenglik\" deb atash ahmoqlik. Sababi shu \"tenglik\" ortidan erkak kishi uchun qanday islohot o\'tkazildi? Hechqanday. Chunki, ularda maqsad erkak obro\'sini iloji boricha tushurish. Bunga sabab, albatta diniy qarashlar. Istalgan dinga qarasangiz oilada va jamiyatda (patriarxallik) erkak bosh bo\'lib kelgan. Bu masala hech qaysi diniy qarashga to\'g\'ri kelmasligini yaxshi bilishadi. Targ\'ibotchilari asosan ateizm g\'oyasi bilan harakat qilishadi. Shu ayollarga berilayotgan imtiyozlar va imkoniyatlarni \"gender adolat\" deb nomlasa to\'g\'riroq bo\'lar balki. Facebookda bir post ko\'rib qoldim. Unga ko\'ra ayol kishi ojiza emas, erkakka ko\'ra yaratilishda 9 karra kuchliroq yaratilgan ekan. Balki, bunga asos ham bordir. Ayol kishi rostanam erkakka nisbatan ancha chidamli ekanligi isbotlangan. Bunga oddiy tug\'ruqni misol keltirish mumkin. Lekin ayol ojiza emas degan gaplarga biroz ishonish qiyin. Agar bugungi kun erkaklari ayoldan kuchsizroq bo\'lsa, bu bugungi kun erkaklarning muammosi aslida. Albatta, erkaklar doimiy ayol kishi bilan bir xil, ayol kishi kuchliroq degan tushuncha doimiy bo\'lmaydi. Oilaviy va siyosiy masalalarga keladigan bo\'lsak, erkak doim ayoldan ustun bo\'lib kelgan to qiyomatgacha shunday bo\'lishi kerak. Yaralish paytimizga yana qaytadigan bo\'lsak, Odam Ato yerdalik vaqtida ovga chiqqan, Havvo onamiz uyda bo\'lganligini bilamiz. Siyosiy masalalarda hatto shu tenglikka havas qilinadigan chirigan g\'arbda ham ayol kishi hokimiyatga deyarli yaqinlashtirilmagan. Hatto, uzoqroq bo\'lishini yaxshi sanashgan. Ayol kishi o\'qishiga keladigan bo\'lsak, erkakdan ham ko\'ra ko\'proq ayol kishi ayniqsa, bugungi kunda o\'qishi kerak. Ummat tarbiyasi ko\'proq ayol kishi bo\'ynida bo\'lib qoladi. Gender tenglikchilar ayol kishi ishlashi shart, ayol ko\'chada bo\'lishi shart deyishadi. Qadriyatli odamlarni ayollarni ishlatmaslikda ayblashadi. Aslida bizda maqsad qizlarni ishlatmaslik emas, ayol ishlashga majbur emasligini tushuntirish. Tenglikchilar bunga majburlab bazi ayollar miyasiga qurt tushirib qo\'ydi. Ishlab shu paytgacha kim kayf qigan bilmadimku. Ular aytishi bo\'yicha ayol ishlasa maza qilib ishlarkan (bazan shunday bolishi ham mumkindir). Hamkasblar atrofida, yon atrofni kuzatib shuni bildimki, bir yil ishlagan ayollar deyarli, hammasi ishdan charchagan, tezroq bo\'shash umidida yuradi. Bazi ishlar bor ayol ishlamasa bo\'lmaydigan. Ularga faqat ayol kishi ishlashi to\'g\'ri bo\'lardi. Tenglikchilar behuda harakatlarini shunga yo\'naltirganda, insoniyat uchun foydali ish qilgan bo\'lishardi balki.
Comment has been successfully reported
The post has been successfully added to your timeline!
You have reached your limit of 100000 friends!
File size error: The file exceeds the allowed limit (9 GB) and can not be uploaded.
Your video is being processed,
We’ll let you know when it's ready to view.
It's impossible to upload the file: This file type is not supported.
We have detected adult content on the uploaded image,
therefore we have declined the uploading process.
To get a verification (tick) on the Islamic social network Umma Life, you must meet at least one of the following criteria: 1. Social network activity: Participants seeking verification must be active users of the social network. At least one useful message must be posted per day, and the message topics can be non-religious. 2. A well-known Islamic blogger or Muslim: If you are a well-known Islamic blogger or Muslim, even if your activities are not related to religious topics on the Internet, you can also apply for verification. 3. A large number of subscribers or active religious pages: If you have a lot of subscribers on social networks or you actively manage useful religious pages, this can also be a basis for getting verified. If you meet at least one of these criteria, submit an application for verification on the Islamic social network Umma Life via private message https://ummalife.com/ummalife and your account will be reviewed by the social network administration.