Translation is not possible.

اللَّهُمَّ صَلِّ وَسَلِّمْ وَبَارِكْ عَليهم

\"Allohim, u zotga salavot va salom yo\'lla, barakangni davomli qil\".

Payg\'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga salavot aytishning foydalari:

1. Allohning amriga bo\'ysungan bo\'ladi.

2. Salavot va salom aytuvchiga Payg\'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning o\'zlari javob qaytaradilar.

3. Alloh taolo salavot va salom aytuvchiga o\'n marta salavpt aytadi.

4. Salavot va salom aytuvchi Payg\'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning shafoatlariga erishadi.

5. Salavot va salom aytuvchiga o\'nta yaxahilik yoziladi.

6. Salavot va salom aytuvchidan o\'nta yomonlik o\'chiriladi.

7. Salavot va salom aytuvchining qalbida nur porlab, yuzining nurafshon bo\'lishiga sabab bo\'ladi.

8. Salavot va salom aytuvchi saodat va xotirjamlikka yetadi.

9. Payg\'ambar sollallohu alayhi vasallam salavot va salom aytuvchini yaxshi ko\'radilar.

10. Salavot va salomni ko\'p aytuvchi qiyomat kuni Payg\'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga eng yaqin manzilda bo\'ladi.

Va eslatgin. Albatta, eslatish mo\'minlarga manfaat berur!

(Zariyat surasi, 55-oyat)

©quranuz_kanali

@siyratmanba

Send as a message
Share on my page
Share in the group