Translation is not possible.
Pokistonlik (1999-yilda vafot qilgan) shoir va yozuvchi Mirzo Adib “Misboh” degan kitobida quyidagilarni yozadi:
1960-yillari Dehliga ishlagani bordim. Kunlardan birida avtobusdan tushib, choʻntagimni qarasam kimdir meni tunab ketibdi. Oʻshanda choʻntagimda 9 rupiya va konvertda mehribon onamga yozgan maktubim bor edi, unda: “ishdan haydaldim, bu oy odatda yuboradigan 50 rupiyani yuborolmayman...”, deb yozgandim.  Xatni keyinroq qoʻlimga rupiyalar tushsa yuboraman degan umidda uch kundan beri choʻntagimga solib yurgan edim. Mendan oʻgʻirlangan 9 rupiya arzimas pul boʻlganiga qaramay, ishdan quvilgan, puli oʻgʻirlangan odamga 9000 rupiyaga teng edi.
Bir necha kundan keyin onamdan xat keldi. Men har doim yuboradigan pulni soʻrab yozgan boʻlsalar kerak deya qalbimga xavotir oraladi. Lekin xatni oʻqib hayratga tushdim. Unda onam menga rahmatlar aytib va haqqimga duolar qilib shunday debdi: “Menga yuborgan 50 rupiya havolang yetib keldi. Bolajonim, sen juda ajoyib insonsanda, ishingdan haydashlariga qaramay mablagʻni hecham kechiktirmay vaqtida yuboribsan. Senga omad va keng rizq soʻrab haqqingga duo qilaman”.
Onamga bu mablagʻni kim yubordi ekan, deb bir necha kun hayratda yurdim. Kunlar oʻtib qoʻlimga xunuk dastxat bilan yozilgan yana bir maktub kelib tushdi. Unda maktub egasi shunday yozardi: “Manzilingni konvertingdan oldim. 9 rupiyangga oldin jamgʻarib qoʻygan 41 rupiyamni qoʻshib onagga, xatingdagi manzilga yubordim. Ochigʻini aytsam onam va onang haqida oʻyladim. Onang och-nahor qolib seni va onangni gunohiga qolmayin dedim. Senga salomlarim boʻlsin. Men seni avtobusda tunab ketgan oʻgʻriman, meni kechir”.
Baʼzan haqiqatdan yiroq sohta shiorlarni koʻtarib olganlardan koʻra ancha sharafliroq oʻgʻrilarni uchratib qolamiz!!!
© Arabchadan Muhammad Ali Muhammad Yusuf tarjimasi.
Send as a message
Share on my page
Share in the group