Translation is not possible.
Men rosa gapdon qiz edim . Tegmaganga tegib ketaveradigan shaddod bir qiz . Biroq men avvalgi men emasman . Men o'zim istamagan holda o'zgardim .
Endi men ko'p gapirmay qo'ydim . Faqat savol bersalar javob beraman , xolos . Iloji boricha yolg'iz qolmoqlik istayapman , hatto oilamdan ham qochishni boshladim .
Avval menga havas qilganlar , endi menga past nazar bilan qarashni boshladilar . Go'yo ular osmonda-yu men yerning qa'rida turgandek .
Bir gapirib , o'n kuladigan qizaloqqa nima bo'ldi , axir ? Hozir oynaga qarab kulishga harakat qilaman ? O'zi avval qanaqa kulardim men ?
NIMA DEB O'YLAYSIZLAR , MEN AQLDAN OZDIMMI ? O'ZIMNI QANDAY DAVOLAY ?
#help #yordam_kerak #yaxshilanishni_istayman
#жизнь #life
Send as a message
Share on my page
Share in the group