#Qurʼon
#sunʼiy_intellekt
AI Qurʼon oʻqish va yodlashda sizga yordam bera oladi
AI instrument, uni yaxshi va yomon maqsadlarda ishlatish mumkin, boshqa ixtirolar kabi. Post uning xavf-u xatarlari haqida emas. Qurʼonni toʻgʻri oʻqishni oʻrganish va yodlashni osonlashtiruvchi AI instrumentlari haqida yozmoqchiman.
Oramizda Qurʼon oʻqishni, yodlashni xohlovchilar koʻp, ammo aynan Qurʼon oʻqitishga qaratilgan oflayn kurslar kam, borlari ham uzoq navbat va qimmatroq narxda. Alifboni onlayn boʻlsa-da oʻrganuvchilar koʻp, ammo tajvidini toʻgʻirlab, ustozlardan ijoza olish bosqichiga koʻpchilik turli sabablar bilan yetib bora olmaydi. Lek xohlagan imkon topadi!
2 ta AI yordamida ishlovchi ilovani tavsiya qilmoqchiman. Ular NLP modeli, yaʼni nutqni tushunish orqali, ovoz va matn bilan ishlaydi.
Birinchisi, \"Tarteel\" ilovasi (Play market va App Storeʼga shu nomni yozing). Qurʼon oʻqish, yodlash va oʻrganish uchun qulay ilova. 150 ga yaqin til, turli ovozlar versiyasi, oʻqiyotgan oyatingizni aynan qayerida xato qilganingizni koʻrsatib, toʻgʻri variantini aytadi. Bepul va pulli (koʻproq imkoniyat) versiyalarda ishlatish mumkin.
Ikkinchisi, \"Қироат\" ilovasi. Hilol nashr va Mohir AI hamkorligida qilingan oʻzimizning ilova. Oyatlarni oʻqisangiz, qayerida xato qilganingizni koʻrsatib beradi. Tajvid qoidalarini toʻliq tekshira olmaydi, ammo toʻldirib, rivojlantirib borilmoqda.
Foydali deb topsangiz, bu ilovalarni yaqinlaringizga ham tavsiya eting.
------------
Diqqat: AI qanchalik koʻp ishlatsangiz, shunchalik oʻzini rivojlantirib boradi. Shu uchun, u hozir kichik kamchilik va xatolardan mutlaq holi emas. Ilovalardagi xatolarni Qurʼondan ijozasi bor, ilmli insonlar yaxshiroq payqashi mumkin. Kamchilik topsangiz, maʼmuriyatlarga xabar bering.