Translation is not possible.

#masjid

Masjidun Nabaviy

Masjudun Nabaviy \"Payg\'ambar masjidi\" deganidir. Madinai Munavvarada joylashgan ushbu masjid Islom dunyosidagi ikkinchi muqaddas dargoh hisoblanadi. Uning ilk imomi Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallam bo\'lganlar. Rosululloh sollallohu alayhi vasallam Madinaga kelganlarida shu o\'rinda namoz o\'qiganlar va u milodiy 622-yil bino qilingan. Masjidning ilk poydevori toshlardan, devorlari ham xom g\'ishtdan, ustunlari hurmo tanasidan, tomi esa xurmo shoxlaridan iborat edi. Imom Muslimdan rivoyat qilingan hadisga ko\'ra,

bu yerda ado etilgan ikki rakat namoz boshqa yerda o\'qilgan namozdan ming barobar afzaldir.

Masjidda bir vaqtda 600 ming kishi namoz o\'qishi mumkin, haj vaqtida ularning adadi 1 milliontagacha boradi. Yashil gumbaz Nabaviy Masjidining eng ko'zga ko\'ringan me\'morchilik yodgorligi hisoblanadi. U Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning maqbaralari joylashgan bo\'lma ustiga qurilgan. Islom tarixi davomida o\'n marta kengaytirilgan masjid hududi ayni damda 56 ta futbol maydoniga teng keladi. Arabiston yarimorolida ilk elektrlashtirilgan hudud Masjidun Nabaviy hisoblanadi. Masjidda balandligi 105 metrgacha yetadigan 10 ta minora joylashgan. Masjidga 85 ta eshik orqali kirish mumkin. Masjid ichidagi salqin havoni 7 km uzoqlikda joylashgan konditsioner stansiyasi ta\'minlab beradi. Masjid hovlisida 250 ta ochilib yopiladigan ulkan soyabon bor, ular ochilganda 143000 m.kv maydonni egallaydi. Masjidun Nabaviy farroshlarining soni 3200 kishidan iborat.

@siyratmanba

image
image
Send as a message
Share on my page
Share in the group