Translation is not possible.

Assalomu alaykum!

Bugun ushbu kitobni o‘qib tugatdim. Kitob haqida qisqacha tahlilimni bayon qiladigan bo‘lsam:

Ushbu kitobda bugungi kundagi dolzarb mavzularga yechimlar berilgan va asl Islom va asl musulmon qanday bo‘lishi kerakligi haqida batafsil bayon qilingan.

Kitobni o‘qish jarayonida fiqhdagi vasatiylik (mo‘tadillik), aqidadagi vasatiylik va amallardagi vasatiylik haqida umumiy tasavvur hosil qilish mumkin va shu o‘rinda vasatiylikni, ya'ni mo‘tadillikning ziddi bo‘lgan umuman tashlab qo‘yish va g‘uluv(haddan oshish)ga ketishning zararlari, ularning yechimlari haqida bilib olish mumkin.

Bugungi kunda ba‘zi insonlar dindor insonlar haqida xato tushunchaga egadirlar va Islom dinini mutlaqo cheklovchi, tarkidunyochilikni targ‘ib qiluvchi deb yanglish fikrlaydilar. O‘ylaymanki, ushbu kitob shu kabi fikrda bo‘lganlarning ham tushunchalarini o‘nglay oladi.

Qisqa qilib aytadigan bo‘lsam, dinimiz doim bizni har ishda mo‘tadil bo‘lishga chaqiradi va bu biz uchun foydadir.

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group