Translation is not possible.

Tanladim

Bugun, baxtli bo'lishni tanladim. Hammasiga qo'l siltashni tanladim. Haqiqiy o'zim bo'lishni tanladim. O'zimni sevishni tanladim. O'zimga g'amxo'rlik qilishni tanladim. Bugun, tinchligim uchun zaharli bo'lgan insonlardan voz kechishni tanladim. Bugun erkin bo'lishni, ruhimni boshdan kechirgan og'riqlardan ozod qilishni, yopiq eshiklardan uzoqroq turishni, qalbim atrofida devor qurmaslikni, uni o'rgangan saboqlarim bilan bezashni tanladim. O'zimni haddan tashqari oshirganim, o'zimga ozor berganim uchun o'zimni kechirishni tanladim. Kamchiliklarimni qabul qilishni, o'zgarishni, yaxshiroq bo'lishni tanladim. Oldinga harakat qilishni, qalbimni himoya qilishni, jasur bo'lishni tanladim. O'rni kelsa "YO'Q" deya olishni, donoroq bo'lishni, o'zimga tegishli bo'lmagan joylardan uzoqroq bo'lishni tanladim. Abadiy bo'lmagan hamma narsani vaqtida qadrlashni tanladim. Bularning barchasi go'zal. Bugun men go'zal bo'lishni tanladim

Send as a message
Share on my page
Share in the group