Translation is not possible.

Yaqinlarimizni yoʻqotish, hech kimga ishonmaslik, shaxsiy hayot haqida gapirmaslik kerakligi, soʻzlar xanjardan ham chuqurroq botishi odat tusiga aylanib qolishi haqida bizni hech kim ogohlantirmagan.

Hech kim ogohlantirmagan.

Yaxshi koʻrgan insonlarimiz ketishi, doʻstlarimiz yangi doʻst topishi, hayotda ogʻir kunlar boʻlishi, birov-birovning haqqini yeyishi, adolatsizlik koʻpayishi haqida hech kim ogohlantirmagan.

Biroq, sen Allohning cheksiz marhamati borligini bilasan, U kechirishini bilasan, U adolatli ekanini bilasan, omonatingga hiyonat qilmasligini bilasan, har bir qiyinchilik ortidan yengillik borligini bilasan.

Bilasan, ammo nega ishonmaysan?…

Send as a message
Share on my page
Share in the group