#eslatma (11)
Ko'ngli to'lmas er...
Har qanday ayol bir xonadonga kelin bo'lib tushar ekan, albatta tirnoq orasidan kir qidiradigan, hech narsadan ko'ngli to'lmaydigan er yoki qaynona-qaynota yoki erning boshqa qarindoshlari bilan yashashga majbur bo'ladi. Shunda ayol oldida ikki yo'l bor: birinchi yo‘l – eridan ajrashib, bu muammolardan qutulish. Bu uslubni shariat "Marjuh" ya'ni afzal bo'lmagan uslub deydi. Chunki inson hayotda baribir bunday odamlarga duch kelishi bor. Ikkinchi yo‘l – "Rojih" ya‘ni to'g'ri yo'l bo'lib, oxiratiga ham foyda. Bu haqida Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytadilar: "Odamlarga aralashib, ulardan keladigan ozorlarga sabr qiladigan mo'min, odamlarga aralashmaydigan, ozorlariga sabr qila olmaydigan mo'mindan yaxshidir ". (Imom Buxoriy Adabul-mufrod)
Demak, "Boshingdan qolsin!" deb, ketib yuborish bu zaiflik! Arablar payg'ambarimiz oldiga kelib pul talab qilib, yana rahmat evaziga "Adolat qilmading", deb ketsa ham, u zot: "Yo'qolib ket!" demaganlar. Balki, o'zlariga tasalli berib: "Alloh Musoni rahm qilsin! Bundanda ko'p ozor berilsa ham, sabr qilgan edi...", deb qo'yar edilar. Muslima ayol ham uyda tirnoq orasidan kir qidiradiganlarga yo'liqsa, yuqoridagi hadisni yodga olib desin: "Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga Allohning rahmati bo'lsin! Bundanda ko'p ozor eshitganda sabr qilgan edilar...".