Translation is not possible.

Aqiqa Dasturxoni || Saxovatli Qo'llar

Aqiqa — yangi tug'ilgan bolaga turli xil balo, tuzalmas kasalliklar yetmasligi umidida uning nomidan biror jonliqni so‘yib, sadaqa qilishdir. Bu haqida Rosululloh ﷺ bunday deganlar:

وعن سلمان بن عامر الضبي أن النبي ﷺ قال “ :مع الغلام عقيقة، فأهريقوا عنه دماً، وأميطوا عنه الأذى”

رواه البخاري

Salmon ibn Omir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rosululloh ﷺ aytdilar: «Yangi tug‘ilgan bolaga aqiqa qilinglar, qon oqizib, aziyatlarni daf qilinglar», dedilar. (Imom Buxoriy rivoyati)

Bir birodarimiz farzandlik bo'lganligi munosabati bilan farzandining aqiqasini Suriyaning shimolida so'ydirib, ehtiyoj egalariga ziyofat qilib berishni maqsad qilib, o'z vakolatini bizga topshirdi.

Saxovatli Qo'llar xayriya fondi o'laroq, ushbu tadbirni amalga oshirib, Suriyadagi uzoq yillardan beri davom etayotgan urushlardan jabrlangan, uysiz qolib, chodirlarda hayot kechirayotgan aholilarni xursand qilishlikka harakat qildik. Alloh taolo ushbu qurbonlikni va xayr-ehsonni O'z dargohida qabul qilsin. Alloh taolo barcha musulmonlarni salomatda qilsin.

🐏 Agar siz ham aqiqa qurbonliklaringizni nochor o’lkalarda so’ydirmoqchi bo’lsangiz biz bilan aloqa qiling; https://t.me/saxovatli

🔗🔃 Faoliyatlarimizni boshqalarga ham ulashib, xayrli ishlarga sababchi bo’lib, ajrga sherik bo’ling!

Aqiqa Qurbonligi

Aqiqa To'yi

Aqiqa Ziyofati

#gaza #palestine #quran #freepalestine #ислам #Палестина #Коран #хадисы #дуа #Ислам #коран #الإسلام #сунна #islamedia #القرآن #хадис

7 views
Send as a message
Share on my page
Share in the group