Translation is not possible.

Farzand tarbiyasi...

#bu_mani_fikr_va_hayotiy_tajribamdan

Farzand tarbiyasida bir narsaga guvoh böldim. Bolani bir narsa qilishga majburlayverish bir tomondan bolada o'sha ishga nisbatan bezish, nafratni, ikkinchi tarafdan yöqotib bölmaydigan qaysarlikni shakllantiradi.

Ya'ni majburlayverganingiz sari bola sizga nisbatan qaysarlashib boraveradi va psixikasida bu narsa shakllanib boradi. Borgan sari siz nima desangiz teskarisini qilishni xohlab boradi. Va bu narsa shakllangandan keyin siz nima desangiz u aytgan narsangiz nima bo'lishidan qat'iy nazar (majburlamasangiz ham) siz aytganingiz uchun ataylab qilmaslikni boshlaydi. Bu qaysarlik shakllangandan keyin tuzata olmaysiz. Boshqalar nimadir aytsa qilar lekin aynan sizni gapingizga kirmaydi.

Rosululloh (S.A.V) aytganlar: Dinda majburlash yo'q. Qur'onda ham, Hadisda ham ech qaysi örinda biror bir amalga majburlash aytilmagan. Faqatgina namozga buyurishdagina majburlash aytilgan. (Tafakkur qilib köraylik:Bolani hich narsaga majburlamaysiz va faqatgina bir narsaga majburlaysiz bu holatda har qanday bola ham bunga jiddiy qarashi aniq)

Yana bir misol: Ustoz Anasxon Mahmud bir darslarida aytadilarki: Kimdir majburlagani uchun hijob öragan kishiga savob yozilmaydi. Allohni roziligini istab Alloh buyurgani uchun o'zi örasa shunda savob böladi" deydilar.

Aqlli odam uchun birgina hadis kifoya, ahmoq uchun har qancha dalil keltirmang baribir yetmaydi.

Jaloliddin Rumiy aytganlaridek: 40 olimni birgina dalil bilan bahsda yengdim, ammo bir ahmoqni 40 dalil bilan ham yengolmadim"

Hatoliklar uchun uzr. Reaksiya bosish esdan chiqmasin. Rahmat

Send as a message
Share on my page
Share in the group