Translation is not possible.
Fahm-farosat Alloh taolo ato qiladigan eng katta ne'matlardan biri! U agar kimda bo'lsa, hayriyat ustida ekan!
 
Fahm-farosatli kishi qarshisidagi kishining tuyg'ularini his qilib turadi va uning rioyasini qiladi.
 
Farosatli kishi avvalo o'zi hijolatga qoladigan ish qilmaydi va albatta o'zgalarni ham hijolatga qo'ymaydi.
 
Farosatli kishi birovlar bilan muomala qilar ekan, odamlarning qanday gap-so'zni hazm qilishi(ko'tara olishi)ni tezda bilib oladi va shunga qarab so'zlaydi.
 
Farosatli kishi yangi ishlarni o'zlashtirishda ham ilg'or bo'ladi, kasb yoki hunarlarni o'rganishlik unga cho't bo'lmaydi.
Send as a message
Share on my page
Share in the group